O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi «YE Generator» biznes-inkubatori ish boshladi

2020-02-17 | Innovatsiya

15-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida “Young Entrepreneurs Generator” (“YE Generator”) nomli biznes-inkubator oʻz faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan uning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim, Innovatsion rivojlanish, Moliya vazirliklari, Islom taraqqiyot banki, Savdo-sanoat palatasi mutasaddi xodimlari, MDH Innovatsiyalarni tijoratlashtirish markazi, Qozogʻiston innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish fondi vakillari, tadbirkorlar, Avstriya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

“Young Entrepreneurs Generator” biznes-inkubatorini tashkil etishdan maqsad — yoshlarda startap va biznes loyihalarni amalga oshirish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, ular uchun seminar-treninglar va muvaffaqiyatga erishgan tardbikorlar, kompaniya rahbarlarining mahorat darslarini tashkil etish hamda biznes loyihalarini tijoratlashtirish boʻyicha investorlarni topishga koʻmaklashishdan iborat.

“YE Generator”ning eʻtibori birinchi navbatda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga qaratiladi, ammo keyinchalik biznes-inkubatorda oʻz ishini boshlamoqchi boʻlgan barcha tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Dastlabki bosqichda talabalarning gʻoyalaridan tayyor biznes-reja shakllantiriladi. Oʻqitish, mentorlik orqali va malakali mutaxassislarning koʻmagida yoshlar oʻz loyihalarini roʻyobga chiqara boshlaydilar.

Biznes-inkubatorda mamlakatimiz va chet elda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil qilinadi. Yakunlangan va bozorga chiqish uchun tayyor boʻlgan biznes loyihalar mahalliy hamda xorijiy investorlarga namoyish etiladi va sarmoya jalb qilinadi.

Поделиться