O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

10.11.2018Sog‘liqni saqlash

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan joriy yil 9-noyabr kuni Turkiston sanʼat saroyida bayram tantanalari boʻlib oʻtdi. Unda hukumat vakillari, Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari, tibbiyot sohasi fidoyilari jam boʻlishdi.

Oʻzbekiston oftalmologiyasi yangi bosqichga chiqadi

09.11.2018Sog‘liqni saqlash

Poytaxtimizdagi DCM innovatsion klinikasida Innovatsion rivojlanish va Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ilmiy-tadqiqot oftalmologiya markazi bilan hamkorlikda ilmiy-oʻquv seminari tashkil etildi. 

Koʻz mikroxirurgiyasi dolzarb muammolari

09.11.2018Sog‘liqni saqlash

Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan xalqaro anjuman shunday nomlandi. 

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar hayotini saqlash – muhim masala

09.11.2018Sog‘liqni saqlash

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va YUNISЕFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yangi tugʻilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish va ularni parvarishlash sifatini yaxshilash masalalari muhokama etildi. 

Oksana Vladimirova: nogironlikka oid masalalar barcha mamlakatlarni oʻylantirayotgan muammolardan

08.11.2018Sog‘liqni saqlash

PoytaxtimizdaOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda alohida ehtiyojli shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan xalqaro seminar tashkil etildi. 

Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

08.11.2018Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Eʼlon

07.11.2018Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentyabrdagi 736-son “Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb koʻnikmalarini oshirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini xorijiy yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va kasb koʻnikmalarini oshirishga yuborish uchun joriy yilning 1 noyabridan 1 dekabrigacha tanlov eʼlon qiladi.

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy gospitallarga xorijdan koʻplab zamonaviy uskunalar xarid qilindi

07.11.2018Sog‘liqni saqlash

Harbiy xizmatchilarning sogʻligini saqlash va mustahkamlash, bemorlarga tibbiy muolaja koʻrsatish, davolash va sogʻlomlashtirish jarayonlarini zamon talablariga mos tarzda olib borish maqsadida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan yangi texnika va uskunalarni xarid qilindi. Jumladan, harbiy-tibbiyot muassasalarining infratuzilmasini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xorijdan tibbiy uskunalar olib kelindi.

Diabet – hayot tugadi degani emas

02.11.2018Sog‘liqni saqlash

Samarqand viloyatida bugungi kunda 1420 kishi birinchi tip qandli diabet bilan, 22 ming 433 kishi ikkinchi tip bilan roʻyxatga olingan. 

Sogʻliqni saqlash vazirligining axboroti

31.10.2018Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi S.S.Saidaliyevning Toshkent shahar Chilonzor tumani Dilxush koʻchasi 37-uyda yashaydigan fuqaro A.Akbarov xonadonida qayd etilgan guruhli ovqatdan zaharlanish boʻyicha rasmiy axboroti.

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi bilan oʻzaro kelishuv hamda “yoʻl xaritasi” imzolandi

29.10.2018Sog‘liqni saqlash

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISЕF) va Qozogʻiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam koʻrsatish boʻyicha global konferensiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. 

Oʻzbekiston delegatsiyasi JSST Yevropa mintaqaviy byurosining global konferensiyasida ishtirok etmoqda

25.10.2018Sog‘liqni saqlash

Ushbu tadbir jahondagi birlamchi tibbiy tizimining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun dunyo davlatlarining sogʻliqni saqlash yetakchilarini birlashtirdi. 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Samarqand shahridagi guruhli ovqatdan zaharlanish holati yuzasidan rasmiy axborot berdi

24.10.2018Sog‘liqni saqlash

Sogʻliqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati Samarqand shahrida joriy yil 22 oktyabr kuni qayd etilgan guruhli ovqatdan zaharlanish holati boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

Toshkentda gemodializ boʻyicha zamonaviy markaz ochiladi

23.10.2018Sog‘liqni saqlash

“Alles Sagʻlik Group” MCHJ xorijiy kompaniyasi Toshkentda aholining ijtimoiy zaif qatlamiga bepul tibbiy xizmat koʻrsatuvchi gemodializ va laboratoriya tashxisi boʻyicha zamonaviy markaz tashkil etadi.

lisher Shadmanov: tugʻruq muassasalarining 31 nafar rahbar xodimi lavozimidan ozod etildi

23.10.2018Sog‘liqni saqlash

Barcha sohada boʻlgani kabi sogʻliqni saqlash tizimida ham keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar samaradorligi esa, shubhasiz, fidoyi mutaxassislarning adolatli va shaffof faoliyati bilan bevosita bogʻliq. Shu sababli ham tizimda noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi keskin kurashish va ularni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekistonda ilk bor ekologik gulchangi qopqonlari oʻrnatildi

22.10.2018Texnologiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot Instituti hamkorligida joriy yilning 22 oktyabr kuni InnoWeek xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida yurtimizda ilk bora Toshkent shahrida 2 ta eng soʻnggi avlod VPPS 2010 ekologik gulchangi qopqonlari oʻrnatilgani munosabati bilan taqdimot boʻlib oʻtdi.

Shifokorlarning ish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi “MedEApp“ maʼlumotlar bazasi yaratildi

22.10.2018Sog‘liqni saqlash

Ushbu maʼlumotlar bazasi (MB) bemorlarga kasallik kartasi ochiladigan, tibbiy koʻriklar oʻtkaziladigan va onlayn-rejimida maʼlumotnomalar beriladigan hamma tibbiy muassasalar uchun moʻljallangan. 

Harbiylar oilasi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

17.10.2018Sog‘liqni saqlash

Termiz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi harbiy xizmatchilari oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.