O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eʼlon

2018-11-07 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentyabrdagi 736-son “Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb koʻnikmalarini oshirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini xorijiy yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va kasb koʻnikmalarini oshirishga yuborish uchun joriy yilning 1 noyabridan 1 dekabrigacha tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun kuyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) Hayʼat raisi nomiga taʼlimning shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan, belgilangan tartibdagi ariza;

b) belgilangan shakldagi maʼlumotnoma-obyektivka (anketa);

v) davlat tibbiyot tashkiloti rahbarining nomzodni xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarda qayta tayyorlash va malaka oshirishi zarurligi koʻrsatilgan tavsiyanomasi;

g) oliy taʼlim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi;

d) ilmiy darajasi va ilmiy unvonini tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi(agar mavjud boʻlsa);

ye) mehnat daftarchasi nusxasi;

j) pasport nusxasi;

z) harbiy bilet yoki chaqiruv guvohnomasi nusxalari;

i) oʻrnatilgan hajmdagi fotosuratlar (Hayʼat tomonidan belgilanadi);

k) chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud boʻlsa.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar tibbiyot xodimi mehnat qilayotgan davlat tibbiyot tashkiloti kadrlar boʻlimi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari kadrlar boʻlimiga taqdim etiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Respublika va viloyatlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari tomonidan hujjatlar ixtisoslashtirilgan, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlar, ilmiy tekshirish institutlari ishchi organiga taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni oʻrganib chiqish Sogʻliqni saqlash vazirining 2018 yil 15 fevraldagi 98-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini xorijiy yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirishga yuborish uchun tanlov asosida tanlab olish, shuningdek respublikaga yetakchi xorijiy tibbiyot hamda ilmiy muassasalardan taklif etiladigan malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislarining roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlsa, Hayʼatning ishchi organi tomonidan davlat tibbiyot tashkilotiga aniqlangan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish muddati koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.

Kamchilik xabarnomada belgilangan muddatda bartaraf etilmasa nomzod tanlovga qoʻyilmaydi.

Murojaat uchun telefon: (0371) 239-48-36

Sogʻliqni saqlash vazirligining Fan va tibbiy taʼlim Bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi N.Daminova

Поделиться