O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy gospitallarga xorijdan koʻplab zamonaviy uskunalar xarid qilindi

2018-11-07 | Sog‘liqni saqlash

Harbiy xizmatchilarning sogʻligini saqlash va mustahkamlash, bemorlarga tibbiy muolaja koʻrsatish, davolash va sogʻlomlashtirish jarayonlarini zamon talablariga mos tarzda olib borish maqsadida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan yangi texnika va uskunalarni xarid qilindi. Jumladan, harbiy-tibbiyot muassasalarining infratuzilmasini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xorijdan tibbiy uskunalar olib kelindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining harbiy-maʼmuriy sektori tomonidan ushbu yoʻnalishda 3 mlrd. soʻm ajratilib, Nukus harbiy gospitali hududida yuqumli kasalliklar boʻlinmasi va boshqarmasi yangidan barpo etilib, barcha jihozlar bilan taʼminlandi.

Markaziy harbiy okrugida esa Mudofaa vazirligi mablagʻlari hisobidan Forish togʻ dala oʻquv maydonida joylashgan harbiy qism tibbiyot punkti yangidan qurildi va zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi. Sharqiy harbiy okrugidagi harbiy qism tibbiyot punkti Namangan viloyati harbiy-maʼmuriy sektor tomonidan taʼmirlandi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi mablagʻlari hisobidan Fargʻona harbiy gospitali yuqumli va teri-tanosil kasalliklari boʻlimlari, poliklinika, oshxona, dorixona, oziq-ovqat va kiyim-kechak omborlari kapital taʼmirlanib, jihozlandi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism tibbiyot punktida joriy taʼmirlash ishlari oʻtkazildi. Markaziy harbiy klinik gospitali hududida zamonaviy koʻp tarmoqli klinika qurilishi boshlandi. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi harbiy qism tibbiyot punkti Qashqadaryo viloyati harbiy-maʼmuriy sektori tomonidan toʻliq kapital taʼmirlandi va jihozlandi.

– Xorijdan xarid qilingan tibbiyot uskunalari orasida zamonaviy videoendoskop jamlanmasi Markaziy harbiy klinik gospitaliga oʻrnatililgan boʻlsa, 3 komplekt kichik dozali raqamli flyuorograf, rentgenloskopiya va rengenografiya apparatlari Markaziy harbiy klinik gospitali hamda Termiz va Fargʻona harbiy gospitallariga oʻrnatildi. 2 donaultratovush diagnostik apparati esa endilikda Qarshi va Nukus harbiy gospitallarida bemorlarda kasalliklarning erta tashxislash yoʻlida xizmat qilyapti, – deydi Mudofaa vazirligi Tibbiy taʼminot boshqarmasi boshligʻi Nosirjon Fozilov.

Поделиться