O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda gemodializ boʻyicha zamonaviy markaz ochiladi

2018-10-23 | Sog‘liqni saqlash

“Alles Sagʻlik Group” MCHJ xorijiy kompaniyasi Toshkentda aholining ijtimoiy zaif qatlamiga bepul tibbiy xizmat koʻrsatuvchi gemodializ va laboratoriya tashxisi boʻyicha zamonaviy markaz tashkil etadi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 oktyabrdagi Toshkent shahrida zamonaviy gemodializ va laboratoriya tashxis markazi tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjatga muvofiq, xorijiy kompaniyaga poytaxtimizning Chilonzor tumani Novza koʻchasida joylashgan bino va inshoot “nol” qiymatda 11 yil muddatga ijaraga beriladi.
 
Oʻz navbatida, “Alles Sagʻlik Group” MCHJ ham yil davomida oʻz hisobidan 5 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ jalb qilish boʻyicha investitsiyaviy majburiyatlarni zimmasiga oladi. Bu mablagʻlar markaz tashkil etishga yoʻnaltiriladi. Bunda taqdim etilgan binolarni kapital taʼmirlash, ularni eng soʻnggi tibbiy uskunalar bilan jihozlash va 50 oʻrinli statsionar qurilishi boʻyicha ishlar amalga oshiriladi. Yangi markazda tibbiy va xizmat koʻrsatish personali uchun kamida 150 ta ish oʻrni yaratiladi.
 
Markaz aholining ijtimoiy zaif qatlamiga mamlakatimiz Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan miqdorda va turlar boʻyicha bepul tibbiy xizmat koʻrsatadi.
 

Roman Bondarchuk, OʻzA

Поделиться