O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiylar oilasi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

2018-10-17 | Sog‘liqni saqlash

Termiz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi harbiy xizmatchilari oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Ular jarroh, kardiolog, akusher-ginekolog, otolaringolog, laboratoriya tahlili, nevrolog kabi mutaxassislar qabulida boʻldi.

– Qizim Imona bilan bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtdik, – deydi uy bekasi M.Mamatqulova.– Koʻrik yakunida shifokorlar qizimning ham, oʻzimning ham sogʻligʻim yaxshi ekanini aytib, sogʻlom turmush tarziga rioya etish boʻyicha maslahatlar berdi.

– Mazkur tadbir har yili oʻtkaziladi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi tibbiyot xizmati boshligʻi, katta leytenant O.Mamadaliyev. – Koʻrikda harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtogʻi yoki farzanlarida kasallik alomatlari aniqlansa, tegishli tartibda sogʻlomlashtirish choralari koʻriladi. Bu osoyishtalik posbonlarining oʻz burchini oilasidan xotirjam ado etishida muhim ahamiyatga ega.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik davomida turli yuqumli kasalliklar va ularning alomatlari, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan ham zarur maslahatlar berildi.

 

X.Mamatrayimov, J.Qoʻzimurodov (surat), OʻzA

Поделиться