O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shifokorlarning ish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi “MedEApp“ maʼlumotlar bazasi yaratildi

2018-10-22 | Sog‘liqni saqlash

Ushbu maʼlumotlar bazasi (MB) bemorlarga kasallik kartasi ochiladigan, tibbiy koʻriklar oʻtkaziladigan va onlayn-rejimida maʼlumotnomalar beriladigan hamma tibbiy muassasalar uchun moʻljallangan. 

MBda bemor tugʻilgan paytidan boshlab u haqdagi hamma tibbiy axborot va maʼlumotlar saqlanadi. Kriptografik shifrlash yoʻli bilan maʼlumotlarning saqlanganligi va xavfsizligini taʼminlash; bemor sogʻligʻi toʻgʻrisidagi batafsil axborotga shifokorlarning va bemorning oson ega boʻlishi kabi funksional imkoniyatlarga ega. 

Shuningdek, ushbu MB shifokorlarning bir qator ish jarayonlarini avtomatlashtiradi, masalan: 

1) axborot berish va vaksinalarni olish jarayonini avtomatlashtirish; 

2) shifokorlar huzuriga kelish vaqtini taqsimlash va rejalashtirishni avtomatlashtirish; 

3) ilova qilingan maʼlumotlar bazasida bemorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron 
hisobini olib borish. 

Mualliflar Sultonov Ayubxon, Palvonova Sevara, Yakubova Azada va Palvonova Umidalarga ushbu yaratgan MB uchun BGU 00366-sonli guvohnoma berildi.

Поделиться