O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi bilan oʻzaro kelishuv hamda “yoʻl xaritasi” imzolandi

2018-10-29 | Sog‘liqni saqlash

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISЕF) va Qozogʻiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam koʻrsatish boʻyicha global konferensiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. 

Tadbirning ikkinchi kunida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov yurtimizda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, jumladan, birlamchi tibbiy yordamni yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. 

– Hozirda Oʻzbekistonda birlamchi tibbiy yordam koʻrsatadigan 2 ming 370 ta tibbiyot muassasalari tarmogʻi mavjud. Tibbiy yordam sifatini yaxshilash, aholini keng miqyosda qamrab olish, ularni birlamchi tibbiy yordam bilan sifatli va bepul taʼminlash maqsadida, hukumat qaroriga muvofiq, qishloq joylardagi ambulatoriya xizmatida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, – dedi Alisher Shodmonov. 

Yana bir eʼtiborli jihati, soʻnggi ikki yil davomida qishloq oilaviy poliklinikalarida beshta, shahar oilaviy poliklinikalarida esa oʻndan ziyod tor mutaxassislar faoliyatining yoʻlga qoʻyilgani ham birlamchi tibbiy xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Shuningdek, vazir birlamchi sogʻliqni saqlash tizimini profilaktik va patronaj ishlarga yoʻnaltirish, Respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlari tomonidan aholiga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatishni kengaytirish hamda birlamchi tibbiy yordam amaliyotida diagnostika va davolash standartlarini muvofiqlashtirish kabi vazifalar ijrosi yoʻlida ham faol saʼy-harakatlar olib borilayotganini qayd etdi. 

Shu kuni Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov bilan ham uchrashdi. Doʻstona ruhda oʻtgan muloqotda sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida koʻplab imkoniyatlar mavjudligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shundan kelib chiqqan holda tibbiyot sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama kelishuv hamda “yoʻl xaritasi” imzolandi. 

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi 
Axborot xizmati

Поделиться