O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oksana Vladimirova: nogironlikka oid masalalar barcha mamlakatlarni oʻylantirayotgan muammolardan

2018-11-08 | Sog‘liqni saqlash

PoytaxtimizdaOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda alohida ehtiyojli shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan xalqaro seminar tashkil etildi. 

Unda yurtimizning mazkur sohaga oid mutaxassis va ekspertlari, jamoat tuzilmalarining vakillari bilan birga xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlardan mutaxassislar ham qatnashdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari E.Bositxonova, YUNISЕFning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari S.Graumann va boshqalar nogironligi boʻlgan shaxslarga doir dolzarb masalalarni hamjihatlikda hal etishda bu kabi seminarlar muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Oʻzbekistonda fuqarolarning barcha qatlamlarini aniq va manzilli, kuchli ijtimoiy himoyalash, ayniqsa, alohida ehtiyojli shaxslarning huquq va manfaatlarini taʼminlash masalasiga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Bosh qomusimizda bu boradagi huquqiy kafolatlar aniq va qatʼiy tarzda belgilab qoʻyilgan. 

Prezidentimizning 2017-yil 1-avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish tizimini yanada takomillashtirish, nogironlarning hayot sifatini yaxshilash, taʼlim olish va ishga joylashishda ularga har tomonlama koʻmaklashishga oid ishlarni tizimli tarzda tashkil etishda muhim huquqiy asos boʻlmoqda. 

Unga koʻra, nogironlar huquqlarini taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan normalar va standartlarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini oʻrganish, tibbiy-malakaviy komissiyalar va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, malakasini oshirish,nogironlarni ish bilan taʼminlashga doirishlar ahvolini tahlil qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

– Bugungi kunda nogironlikka oid masalalar barcha mamlakatlarni oʻylantirayotgan muammolardan, – deydi Rossiyaning G.Albrext nomidagi nogironlar reabilitatsiyasi ilmiy federal markazining reabilitatsiya va abilitatsiya instituti direktori Oksana Vladimirova. – Ushbu seminarga nogironlikka oid tegishli qarorlar qabul qilishga qodir boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birga jamoat tuzilmalari,olimlar, ekspertlar jalb etilgani eʼtiborga molik. Tabiiyki, mazkur tadbirda YUNISЕF, BMT, BMTning Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etayotgani bu boradagi ilgʻor yondashuv,tajriba va tendensiyalarni atroflicha tahlil qilish imkonini beradi. Yurtingizdagi jamoat tashkilotlari, ayniqsa, yoshlar ham ushbu masalaga faol munosabatda boʻlayotgani tahsinga loyiq.Oʻzbekistonga kelgan har bir xorijlik mehmon uning tarixi, madaniyati, anʼanalari bilan batafsil tanishishni istaydi. Shu maʼnoda seminar dasturidan Samarqand shahriga tashrif koʻzda tutilgani diqqatga sazovor. 

Uch kunlik seminarda alohida ehtiyojli shaxslar uchunmehnat va bandlik, ijtimoiy himoya va xizmatlar, siyosiy va ijtimoiy hayotni qoʻllab-quvvatlash, ochiq va maqbul turizm kabi masalalar atroflicha muhokama etiladi. 

Ishtirokchilar qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat qilish imkoniga ega boʻladi. 

 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться