O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston oftalmologiyasi yangi bosqichga chiqadi

2018-11-09 | Sog‘liqni saqlash

Poytaxtimizdagi DCM innovatsion klinikasida Innovatsion rivojlanish va Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ilmiy-tadqiqot oftalmologiya markazi bilan hamkorlikda ilmiy-oʻquv seminari tashkil etildi. 

Seminar ishida mamlakatimizning turli hududlaridan yetakchi oftalmologlar, tibbiyot muassasalari oʻqituvchi va magistrlari ishtirok etdi. 

Oʻquv-seminari koʻz tubi patologiyasini tashxislash va davolashning zamonaviy usullariga bagʻishlandi. Koʻz pardasi kasalliklari davolab boʻlmaydigan koʻrlikning asosiy sababi va Oʻzbekiston oftalmologiyasining dolzarb muammolaridan biridir. 

Anjumanda innovatsion klinika direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi Zulfiya Maqsudova mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga koʻz tubi patologiyasini tashxislashning zamonaviy, yuqori informativ usullari va koʻz pardasini lazer bilan davolashning eng yangi noinvaziv texnologiyalarini joriy etish lozimligini taʼkidladi. 

Seminarda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Xristo Taxchidi vitreoretinal patologiya rivojlanishi haqida maʼruza qildi. 

Munozara chogʻida qatnashchilar koʻz pardasi patologiyalarini erta aniqlash va oʻz vaqtida davolash hamda mamlakatimizda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish muhimligi xususida soʻz yuritdi. 

Ayni paytda innovatsion klinika xodimlari tomonidan oftalmologik amaliyotga angiografiya moduli bilan optik kogerent tomografiyaning eng soʻnggi metodikasini joriy qilish boʻyicha ilmiy-klinik ishlar olib borilmoqda. Tashxis qoʻyish, patologik jarayonning rivojlanish dinamikasini monitoring qilish, patogenetik yoʻnaltirilgan davolash usulini tanlash va muolaja samaradorligini nazorat qilishda yangi texnologiyaning imkoniyatlari oʻrganilmoqda. 

Seminar yakunida N.I.Pirogov nomidagi RMTTU ilmiy-tadqiqot oftalmologiya markazi bilan Doktor Maqsudova innovatsion klinikasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida N.I.Pirogov nomidagi RMTTU ilmiy-tadqiqot oftalmologiya markazi mutaxassislar malakasini oshirishning zamonaviy shakl va usullarini joriy qilishga koʻmaklashadi, oftalmolog-shifokorlar uchun konferensiyalar, seminarlar, trening va mahorat darslari oʻtkazadi. 

Mazkur kelishuv oftalmologiya sohasida tibbiy xizmatlarni yaxshilash, mahalliy oftalmologlar malakasini oshirish, koʻz kasalliklarini davolash usullari va innovatsion texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. 

Поделиться