O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

Toshkentda Innovatsion klinika ochildi

15.10.2018Innovatsiya

2018-yilning 12-oktabr kuni Toshkentda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida DM Innovatsion klinikasi ochilishi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, innovatsion klinikaning asoschisi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi ZulfiyaMaqsudova, sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Ilmira Bositxonova hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi AdhamIkromov soʻzga chiqdilar.

Andijonda qoʻshma klinika tashkil etiladi

12.10.2018Sog‘liqni saqlash

Hindistonning Sharda universiteti prezidenti, professor Pradip Kumar Gupta rahbarligidagi ushbu mamlakat mutaxassislari Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldi.

Umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi

11.10.2018Fan

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan qurilma yaratdilar.

Tibbiy taʼlim tizimi: oʻquv yili qisqardi, gumanitar fanlar ham, bilim berish sifatichi?

09.10.2018Sog‘liqni saqlash

Anjumanda qayd etilganidek, hozirda hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali shifokorlar bilan taʼminlashda davlat grantlari asosida bakalavriatura yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari boʻyicha qabul yoʻlga qoʻyilgani ham eʼtiborga loyiq. Chunonchi, 2017 yilda 1180 ta, joriy yilda 1548 ta kvota shakllantirildi.

Innovatsiya vazirligida sharq tabobati boʻyicha xitoylik olimlar bilan uchrashuv boʻldi

08.10.2018Sog‘liqni saqlash

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Yulbarsxon Mansurov Fudan universiteti professori Dong Jing-Cheng, Oʻzbek-Xitoy savdo uyushmasi Boshqaruv kengashi raisi Chang King xonim hamda mazkur uyushma maslahatchisi Qodir Yusupov bilan uchrashdi.

Mamlakatimizda Hindistondagi xususiy klinikalar filiallari ochiladi

02.10.2018Sog‘liqni saqlash
Sir emas, aholimiz ayrim kasalliklarni davolash uchun va murakkab operatsiyalarga ehtiyoj sabab chet el klinikalariga murojaat qilishga majbur boʻlmoqda.

Axborot xabarnomasi

26.09.2018Jamiyat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 25 sentyabr kuni  soat 13:00larda To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining 596 km da harakatlanib ketayotgan “Kobalt” rusumli, d/r 95 779 NAA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli d/r 90 W 082 HA avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Viloyat Xotin-qizlar qo`mitasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikdagi konferensiya bo`lib o`tdi.

18.09.2018Jamiyat

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Buxoro shahrida joylashgan Yoshlar markazida  xotin-qizlar qo‘mitasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikdagi “Ajrimlar profilaktikasi, salbiy holatlarga moyillik – muammo hamda yechimida xalqaro va milliy tajriba” nomli konferensiya hamda “Oilaviy  munosabatlar: ajrimlar, suitsidlar, muammolar va yechimlar” mavzusida psixologlar bilan hamkorlikdagi ilk seminar trening bo‘lib o‘tdi. 

Oʻzbekistonda gemodializ xizmatini koʻrsatuvchi klinikalar tashkil etiladi

30.08.2018Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov hamda Germaniyaning nufuzli “VAMs GmbH” kompaniyasi rahbari Isroil Izoxov oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi: ONKOLOGIK XASTALIKLARGA SHIFO ISTAB XORIJGA BORISHGA HOJAT YOʻQ

28.08.2018Sog‘liqni saqlash

Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy taʼsir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, bunday kasalliklar bilan kasallanish koʻrsatkichi yildan yilga oʻsib bormoqda. Maʼlumki, onkologik kasalliklarning oldini olish va erta bosqichlarda aniqlash – juda muhim omil hisoblanadi. Onkologik kasalliklar erta bosqichda samarali davolansa, ushbu darddan toʻliq forigʻ boʻlishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligida “tezkor aloqa”: nima u?

16.08.2018Sog‘liqni saqlash

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 2 fevralda imzolangan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 mayidagi “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qizlar salomatligi markazlari va bo‘limlari hamda Ayollar maslahatxonalari tashkil etilgani xotin-qizlarimiz salomatligiga e’tibor yanada kuchayib borayotganidan dalolatdir.

Janubiy Koreyaning yetakchi tibbiyot klinikalari O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochadi

15.08.2018Sog‘liqni saqlash

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, nufuzli tashkilotlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalarni O‘zbekistonda tatbiq etishga ko‘maklashib kelmoqda.

Barcha tuman va shaharlarda qizlar salomatligi markazi bo‘limlari tashkil etildi

14.08.2018Jamiyat

2017 yil 5 yanvarda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarimiz salomatligiga alohida e’tibor qaratish, bunda milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda, qulay sharoitlar yaratish lozimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashkil etildi

03.08.2018Sog‘liqni saqlash

Prezidentning 2018-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashkil etildi.

Tibbiyot konsepsiyasida JSST ekspertlari ishtirok etyapti

01.08.2018Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash sohasi har bir inson hayotiga bevosita daxldor. Shu bois so‘nggi yillarda tizimni isloh etish borasida qator muhim hujjatlar qabul qilinib, ular ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Biz OIV infeksiyasiga qarshimiz!

30.07.2018Sog‘liqni saqlash

Sirdaryo viloyatida “Biz OIV infeksiyasiga qarshimiz” shiori ostida viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, prokuratura, yoshlar ittifoqi va viloyat OITSga qarshi kurash markazi hamkorligida aksiya tashkil etildi.

O‘zbekistonda onkologik dori vositalari va gemodializ uchun buyumlar ishlab chiqariladi

27.07.2018Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan “Belfarmprom” xolding kompaniyasi bosh direktori Valeriy Shevchuk va Belarus Respublikasining nufuzli farmatsevt mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi.