O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda ilk bor ekologik gulchangi qopqonlari oʻrnatildi

2018-10-22 | Texnologiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot Instituti hamkorligida joriy yilning 22 oktyabr kuni InnoWeek xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida yurtimizda ilk bora Toshkent shahrida 2 ta eng soʻnggi avlod VPPS 2010 ekologik gulchangi qopqonlari oʻrnatilgani munosabati bilan taqdimot boʻlib oʻtdi.

Endi poytaxtimiz aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga olish imkoniyati paydo boʻladi. Bunda hozircha poytaxtimizning ikki nuqtasiga oʻrnatilgan gulchangi monitoringi stansiyalari yordam beradi. Ayni kunlarda Mirzo-Ulugʻbek tumanida joylashgan Doktor Maksudova innovatsion klinikasi hamda Olmazor tumanidagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga oʻrnatilgan gulchangi qopqonlari gullagan oʻsimliklarning changlariga boʻlgan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda dunyo aholisining 20 foizi allergiyadan aziyat chekadi. Bu turli koʻrinishlarda – tumov, konʼyunktivit, teri qichishishi va qizarishi, hatto, bronxial astma koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin. Jarrohlik amaliyotlari, xususan, Doktor Maksudova innovatsion klinikasida oʻtkazilayotgan koʻz jarrohlik amaliyotlaridan keyin ayrim hollarda paydo boʻlayotgan asoratlarning ildizi ham allergiyaga borib taqalayotgani maʼlum boʻlmoqda. Aynan shuning uchun ham shaharlardagi allergik vaziyatni nazoratda ushlab turish muhim sanaladi.

Hozirgacha aholimiz havo changlanganini allergiya alomatlari paydo boʻlganidan keyingina bilib olardi. Gulchangi monitoringi esa allergiya mavsumining boshlanishini oldindan aytib berish, bu esa oʻz navbatida kasallik rivojlanishining alomatlari keskinlashishining oldini olish imkonini yaratadi.

Gulchangi qopqonlarida yigʻilgan changlar laboratoriya sharoitida kuchli mikroskoplar orqali tekshiriladi va tekshiruv natijalari oʻpkamizga tushishi mumkin boʻlgan changlar haqida toʻliq tasavvur beradi. Tahlillar natijalari 2019 yildan boshlab, Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy saytida eʼlon qilib boriladi.

Allergolog-shifokorlarning fikricha, aynan maʼlum mavsumlarda shifokorlarga murojaat qiladigan bemorlarning aksariyati allergiyadan aziyat chekadilar. Gulchangi qopqonlari yordamida olingan maʼlumotlar orqali shifokorlar mavjud allergenlar doirasini toraytirishi mumkin, bu esa oʻz navbatida tekshiruvlarga kamroq vaqt va mablagʻ sarflanishiga, tez va aniq tashxis qoʻyilishiga olib keladi.

Поделиться