O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vaziri Janubiy Koreyaning Adju universiteti prorektori bilan uchrashdi

23.07.2018Sog‘liqni saqlash

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida turli sohalar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq qator shartnomalar imzolangan edi. Ushbu kelishuvlar doirasida Janubiy Koreyaning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari filial va klinikalarini yurtimizda tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimlari ham tuzilgan.

Alisher Shodmonov: dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimidagi ortiqcha to‘siqlarga barham beriladi

20.07.2018Sog‘liqni saqlash

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan “Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlash tibbiyot sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh maqsadlaridan biri” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Farmatsevtikada yangilik

11.07.2018Fan

Toshkent farmatsevtika instituti mutaxassislari tomonidan antidiabetik vosita ixtiro qilindi. Ushbu vositaning vazifasi qo‘shimcha ravishda prebiotik xossaga va immunitet tizimini va qon hosil bo‘lishini (leykopoez) rag‘batlantiruvchi xossalarga ega bo‘lgan o‘simliklar asosidagi diabetga qarshi samarali vositani yaratishdan iborat.

O‘zbekiston allergiyani davolashda Markaziy Osiyoda yetakchiga aylanadi!

09.07.2018Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi yetakchi Yevropa farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan Inmunotek kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Inmunotek kompaniyasining xalqaro munosabatlar bo‘yicha direktori Xose Ibarsena uzoq muddatli hamkorlik masalasini muhokama qildilar. Muzokaralarda, shuningdek, Molekulyar allergologiya va immunologiya bo‘yicha universitetlar xalqaro tarmog‘i vitse-prezidenti Viktoriya Garib ham ishtirok etdi.

Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va kasalxona ichi infeksiyalari profilaktikasiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

09.07.2018Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilgan islohotlar doirasida aholini sog‘lig‘ini saqlash sohasida, jumladan, odamning immunitet tanqisligi virusi chaqiradigan kasallikning (bundan buyon – OIV infeksiyasi) profilaktikasi, diagnostikasi va davolashda ijobiy natijalarga erishildi.

Aqlli tibbiyot sifatni yaxshilaydi

28.06.2018Sog‘liqni saqlash

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari va Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitalari tomonidan “Aholiga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridanfoydalanish holati va istiqbollari” mavzuidakonferensiya o‘tkazildi.

Tibbiyot sohasida turk investorlari bilan memorandum imzolandi

18.06.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni va “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 maydagi PQ-2980-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida bugun viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijonda “Profilaktik tibbiyot: bugunva ertaga” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

11.06.2018Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda profilaktik tibbiyot sohasida yangi texnologiyalardan samarali foydalanish, surunkali noinfeksion hamda yurak qon-tomir kasalliklari profilaktikasida qo‘llaniladigan usullarni takomillashtirish, turli xastaliklarning xavfli omillarini o‘rganish va ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.

Toshkent shahar xokimligi xabar qiladi

04.05.2018Sog‘liqni saqlash

Poytaxt aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, kasalliklar profilaktikasi, patronaj hamda ona va bola salomatligini saqlash borasida qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida har biri 250 o'rinli 2 ta va Yashnobod va Uchtepa  tumanlarida 1 tadan 250 o'rinli zamonaviy oilaviy poliklinikalar quriladi.

Har bir inson doimiy mehr va e’tiborda

02.05.2018Jamiyat

Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ahamiyati, maqsad va mohiyatiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. 

Tibbiyot qo‘lqoplari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi

02.05.2018Sog‘liqni saqlash

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Jalabek qishlog‘ida yiliga 33 million juft tibbiyot qo‘lqopi ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshladi. 

Farmatsevtika korxonalari soni ko‘payadi

30.04.2018Sog‘liqni saqlash

So‘ngi ikki yil mobaynida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.