O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

Poytaxtimizda xalqaro mutaxassislar ishtirokida «Inson va salomatlik» V respublika kongressi bo‘lib o‘tmoqda

04.04.2018Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz hamda xorijlik tibbiyot sohasining malakali mutaxassislari, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari olimlari, shifokorlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. 

Shahrisabzda tumanlararo endokrinologiya bo‘limi ish boshladi

02.04.2018Jamiyat

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufida 20 o‘ringa mo‘ljallangan tumanlararo endokrinologiya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Jigar transplantatsiyasi: ilk bemor shifo topib uyiga qaytdi

26.03.2018Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimiz tibbiyoti tarixida ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazilgan bemor parkentlik 26 yoshli Ubaydulla Dadaxo‘jayev bugun shifo topib uyiga qaytdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri: Tug‘ruqxonadan chiqish marosimlaridagi ortiqcha dabdabozliklar chaqaloq salomatligiga salbiy ta’sir qiladi

23.03.2018Sog‘liqni saqlash

Farzand dunyoga kelishi har bir oila uchun katta bir quvonch. Ushbu quvonchli hodisa oilalarda turlicha nishonlanadi. Elu yurtga ma’lum qilish uchun har xil marosimu tadbirlar o‘tkaziladi. Hatto tug‘uruqonadayoq boshlanib ketadigan tadbirlardan biri chaqaloqni tibbiyot muassasasidan olib chiqish bilan bog‘liq. To‘g‘ri, yangi mehmon katta izzat-hurmat bilan uyga olib ketilishi yaxshi, ammo marosim ortiqcha dabdababozliklar bilan o‘tkazilib, atrofdagilar tinchini buzsa, eng yomoni bundan ona va bola salomatligi aziyat cheksa-chi?

Qishloqda murakkab jarrohlik amaliyoti

17.03.2018Sog‘liqni saqlash

Guliston tumani markaziy shifoxonasida birinchi marta exinokokkektomiya – insonning jigar a’zosidan parazitar qurtlarni olish, buyrak va o‘pka a’zolaridan kista olish amaliyoti bajarildi.

Mas’uliyatsiz tibbiyot xodimlariga keskin choralar ko‘rilmoqda

17.03.2018Sog‘liqni saqlash

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan tizimdagi davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan talabchanlik tobora kuchaytirilmoqda.

Buxoroda xorijlik shifokorlar 100 dan ortiq jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi

13.03.2018Sog‘liqni saqlash

Buxoro shahridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Janubiy Koreyaning “Vision Care” xalqaro tashkiloti shifokorlari tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor: Namangandagi shifoxonaga noyob kardio-ultratovush tekshirish apparati keltiriladi

12.03.2018Sog‘liqni saqlash

Tadbirkor Nosirbek Abdullaxonov tomonidan Namangan shahrida tashkil etilgan “ANAMED” diagnostika markazi ish boshlaganiga bir yil bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi: Karmanadagi ovqatdan zaharlanish holati barqarorlashtirilmoqda

07.03.2018Sog‘liqni saqlash

Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2018 yil 6 mart kuni 13 nafar, Karmana tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga 27 nafar bemor “Ovqatdan zaharlanish” birlamchi tashxisi bilan yotqizildi. Ularning barchasida ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorinda og‘riq kabi shikoyatlar bo‘lgan.

2018 yilda Namangan sog‘liqni saqlash muassasalariga 534 milliard so‘m ajratildi

06.03.2018Sog‘liqni saqlash

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy yilda davlat byudjetidan 534 milliard 196 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 95 milliard so‘m yoki 22 foiz ko‘pdir.

Samarqandda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan shifokorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi

03.03.2018Sog‘liqni saqlash

Ammo joriy yil boshida o‘tkazilgan o‘rganishlar ayrim viloyatlardagi davolash-profilaktika muassasalarida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida ishlar sust olib borilayotganini ko‘rsatdi.

Namangan shahridagi xususiy klinikalar soni yana bittaga ko‘paydi

03.03.2018Sog‘liqni saqlash

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etgan klinikaning ochilish marosimida mamlakatimiz tibbiyot sohasini jahon andozalari darajasida rivojlantirish, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

5 milliard so‘mlik loyiha ishga tushdi

28.02.2018Sog‘liqni saqlash

Navoiy shahrida “Navmed” ko‘p tarmoqli diagnostika markazi ish boshladi.

O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bosh ko‘tarmoqda

21.02.2018Sog‘liqni saqlash

Xalqaro epizootik byuroning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yil mobaynida dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shuningdek, O‘zbekiston bilan chegaradosh hisoblangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonda oqsil, chechak, kuydirgi, quturish, o‘lat va Qrim-Kongo gemorragik isitma kabi inson va hayvonlar uchun o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilgan.

Quyi Chirchiqda velopatronaj xizmati ish boshladi

15.02.2018Sog‘liqni saqlash

Tibbiy patronaj xizmati nafaqat tibbiy-profilaktika yordami, balki aholining sog‘lom hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qiladigan ko‘plab omillarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. 

Tibbiy patronaj va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga endi 5 tashkilot mas’ul

15.02.2018Sog‘liqni saqlash

O‘zbekistonda reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan birlamchi profilaktika ishlariga beshta tashkilot mas’ul etib belgilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mamlakatimiz tibbiyot tarixida birinchi marta jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

14.02.2018Sog‘liqni saqlash

O‘tgan yildan boshlab Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazida yaqin qarindoshlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda, kuni kecha esa markazda mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta bemorga tirik donor qarindoshdan jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida kimlar bepul davolansa bo‘ladi

13.02.2018Sog‘liqni saqlash

Prezidentning 2003 yil 26 fevraldagi farmoni bilan barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan.