O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Siyosat
08.11.2018Siyosat 2018-yil 5-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletov Rivojlanish huquqi xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Fred Xyuston boshchiligidagi ushbu tashkilot vakillari bilan uchrashdi. |
“Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi toʻgʻrisida 08.11.2018Siyosat2018-yilning 6-7-noyabr kunlari Seul shahrida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 11-hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. |
Oʻzbekiston Bosh konsuli Sverdlov viloyati gubernatori bilan uchrashdi 08.11.2018Siyosat2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsuli Abdusalom Xatamov Sverdlov viloyatining gubernatori Yevgeniy Kuyvashev bilan uchrashdi. |
06.11.2018Siyosat 2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kipr Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Leonidas Markidisni qabul qildi. |
Gvineya Elchisi bilan uchrashuv 05.11.2018Siyosat2018-yilning 5-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gvineya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Bangali Diaxabini qabul qildi. |
2019 yilda asosiy eʼtibor xalqimiz turmushi farovonligini taʼminlashga qaratiladi 05.11.2018SiyosatVazirlar Mahkamasida 2019 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi. |
Rossiya parlamenti delegatsiyasining Buxoroga tashrifi 05.11.2018SiyosatRossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya parlamenti delegatsiyasi 2-3 noyabr kunlari Buxoroda boʻldi. |
O‘zbekiston delegatsiyasi Pokistonga tashrif buyurdi 03.11.2018Siyosat2018-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo‘ldi. |
BMT delegatsiyasi bilan TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv to‘g‘risida 03.11.2018Siyosat2018-yilning 1-noyabr kuni TIVda Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhomjon Ne’matov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov va BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German bilan uchrashdi. |
Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv 03.11.2018Siyosat2018-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘iliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi mamlakatimizga tashrif buyurgan deputatlar guruhini qabul qildi. |
Buyuk Britaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv 02.11.2018Siyosat2018-yilning 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻyicha departamenti direktori oʻrinbosari Rupert Eynli bilan uchrashdi. |
Germaniya Bundestagi delegatsiyasining uchrashuvlari 01.11.2018SiyosatInson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Markazida 1 noyabr kuni Germaniya Bundestagining “GFR – Markaziy Osiyo» parlament guruhi raisi Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi: parlamentlararo hamkorlikning yangi bosqichi 01.11.2018SiyosatToshkentda 1-noyabr kuni “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qoʻmitasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. |
Shavkat Mirziyoyev Jazoir Prezidentini tabrikladi 01.11.2018SiyosatOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflikani 1-noyabr – Inqilob kuni bilan tabrikladi. |
Qishloq xoʻjaligini kompleks rivojlantirish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilab berildi 01.11.2018SiyosatOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktabr kuni qishloq xoʻjaligini kompleks rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. |
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga tabrik maktubi yoʻlladi 31.10.2018SiyosatOʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi qutlugʻ sana – Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yoʻlladi. |
Qozon shahrida bosh konsul tayinlandi 31.10.2018SiyosatOʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli etib Fariddin Nasriyev tayinlandi. U bunga qadar TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan. |
Oʻzbekiston va Turkmaniston ishchi guruhlarining Nukus shahridagi uchrashuvi 31.10.2018Siyosat2018-yilning 24-30-oktabr kunlari Nukus shahrida (Qoraqalpogʻiston) Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. |
Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida 31.10.2018Siyosat2018-yilning 30-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya tashqi siyosat idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi boʻlib oʻtdi. |
Oʻzbekiston delegatsiyasining Hirot shahridagi konferensiyada ishtiroki toʻgʻrisida 30.10.2018Siyosat2018-yilning 26-27-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Hirot shahrida boʻlib oʻtgan “Afgʻoniston inqirozi: sabablar va yechimlar” mavzusidagi 7-xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi. |