O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozon shahrida bosh konsul tayinlandi
2018-10-31 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli etib Fariddin Nasriyev tayinlandi. U bunga qadar TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Oʻz faoliyatini boshlayotgan Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijniy Novgorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm oʻlkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurt Respublikasi, Ulyanovsk viloyati, Chuvash Respublikasi hududlari kiradi.