O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga tabrik maktubi yoʻlladi

2018-10-31 | Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi qutlugʻ sana – Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari qardosh Qozogʻiston xalqini samimiy tabriklab, ushbu muhim hujjatda umumiy tarix, maʼnaviy va madaniy mushtaraklik bilan bogʻlangan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik, qardoshlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari mustahkamligi belgilab qoʻyilganini taʼkidlagan.

Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qoʻshnichilikni mustahkamlash toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyaning imzolanishi oʻzaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda yangi bosqich boʻlgani qayd etilgan.

Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili doirasida oʻtkazilayotgan madaniy-gumanitar va ishbilarmonlik tadbirlari xalqlarimiz yaqinligining yorqin ifodasidir, deyilgan maktubda.

Поделиться