O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gvineya Elchisi bilan uchrashuv

2018-11-05 | Siyosat

2018-yilning 5-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gvineya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Bangali Diaxabini qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan soʻng Vazir Elchini Oʻzbekistonga tayinlangani bilan tabriklar ekan, yuqori va masʼuliyatli lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida qayd etilganidek, geografik jihatdan uzoqda boʻlishiga qaramasdan Oʻzbekiston va Gvineya BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalarda faol hamkorlik qiladi.

Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qoʻllab quvvatlash va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Поделиться