O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Bosh konsuli Sverdlov viloyati gubernatori bilan uchrashdi

2018-11-08 | Siyosat

2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsuli Abdusalom Xatamov Sverdlov viloyatining gubernatori Yevgeniy Kuyvashev bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston va Rossiyaning mazkur mintaqasi oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Yekaterinburg shahrida Bosh konsullik ish boshlashi Oʻzbekiston va Sverdlov viloyati munosabatlarini rivojlantirishga yangi turtki beradi.

Gubernator taqidlashicha, Sverdlov viloyati Namangan viloyati bilan aloqalar oʻrnatmoqda. Tomonlar kelgusi maqsadlar toʻgʻrisida bayonnoma imzoladilar va hamkorlik toʻgʻrisida toʻla qonli hujjat tayyorlamoqdalar.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash toʻgʻrisida soʻz borar ekan 2017-yilning birinchi yarmidagi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda Oʻzbekiston va Sverdlov viloyati oʻrtasidagi savdo hajmi 2018-yil davomida deyarli 50%ga oshib, 106 mln. AQSH dollarini tashkil etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda boshqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Bosh konsullik va viloyat maʼmuriyati oʻrtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari ham koʻrib chiqildi.

Поделиться