O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Turkmaniston ishchi guruhlarining Nukus shahridagi uchrashuvi
2018-10-31 | Siyosat
2018-yilning 24-30-oktabr kunlari Nukus shahrida (Qoraqalpogʻiston) Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasining alohida uchastkalarida oʻtkazilgan qoʻshma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari koʻrib chiqildi hamda keyingi dala ishlarini oʻtkazish muddatlari kelishildi.
Uchrashuv doʻstlik va hamfikrlilik ruhida oʻtdi.
Uchrashuv yakuniga koʻra Bayonnoma imzolandi.