O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-11-02 | Siyosat
2018-yilning 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻyicha departamenti direktori oʻrinbosari Rupert Eynli bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qoʻshma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish istiqbollari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan.
Muzokaralarda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.