O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Rivojlanish huquqi xalqaro tashkiloti vakillari bilan uchrashdi

2018-11-08 | Siyosat

2018-yil 5-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletov Rivojlanish huquqi xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Fred Xyuston boshchiligidagi ushbu tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor qonun ustuvorligini mustahkamlash va rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, ushbu yoʻnalishda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarga qaratildi.

Bundan tashqari, R.Davletov mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Xususan, qonunchilik bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyoti, aholiga huquqiy xizmatlar koʻrsatish institutlarini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlar haqida aytib oʻtildi.

Oʻz navbatida F. Xyuston samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qilib, RHXT vazirlik bilan yaqin hamkorlik qilishga qiziqishi va loyihalarni amalga oshirish orqali olib borilayotgan huquqiy islohotlarga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar, shuningdek, sud ekspertizasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirishga doir qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, biznes jarayonlarni reinjiniring qilish (BPR), munozaralarni muqobil hal qilish (ADR) va advokatura masalalarini ham muhokama qilishdi.

F.Xyuston, qonun ustuvorligi, adliya va inson huquqlari sohasidagi ijobiy oʻzgarishlarni alohida taʼkidlab, mazkur sohada tajriba almashish va ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Maʼlumot uchun: RHXT shtab-kvartirasi Rimda joylashgan nohukumat tashkiloti hisoblanib, qonun ustuvorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, manfaatdor mamlakatlarga huquqiy islohotlarni amalga oshirishda koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. Ushbu tashkilot hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor bilan hamkorlik qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi konsultativ mavqega ega tashkilotdir.

Поделиться