O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi toʻgʻrisida

2018-11-08 | Siyosat

2018-yilning 6-7-noyabr kunlari Seul shahrida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 11-hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidan Suv xoʻjaligi vazirligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakillari ham oʻrin olgan.

Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan meditsina va sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish tarmoqlarida, logistika va transport sohalarida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek mintaqadagi suv zaxiralaridan unumli foydalanish masalalari va Orol dengizini qutqarish boʻyicha chora-tadbirlar Forumning asosiy mavzusi boʻldi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Seul shahrida TIV va Koreya Fondi rahbariyatlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.

Поделиться