O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida

2018-10-31 | Siyosat

2018-yilning 30-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi va Ruminiya tashqi siyosat idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi boʻlib oʻtdi.

Ruminiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi (vazir oʻrinbosari) Danut Sebastian Nekulaesku boshchilik qildi.

Suhbat chogʻida ikki tomon munosabatlaridagi keng qamrovli masalalar hamda Ruminiyaning 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran YIdagi raisligini inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikning istiqbolli masalalari batafsil muhokama qilindi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston-Ruminiya muloqotini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarga tizimli tus berish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, jumladan turistik kompaniyalari oʻrtasidagi toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va ragʻbatlantirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlikning yangi mexanizmi – Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyani joriy etishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi. Ushbu komissiya majlislarini muntazam oʻtkazish mavjud vaziyatga tezda javob qaytarish va masalalarni hal qilish, tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirish, Oʻzbekiston va Ruminiyaning investitsion faolligini qoʻllab quvvatlash imkonini beradi.

Muzokaralarda Ruminiya Elchisi Romeo Stanchu ishtirok etdi.

Поделиться