O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kipr Elchisi bilan uchrashuv
2018-11-06 | Siyosat
2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kipr Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Leonidas Markidisni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi boshlanishi bilan tabrikladi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Kipr aloqalari holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, hamkorlikni istiqbolli yoʻnalishlarda, jumladan Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida va xalqaro tashkilotlar doirasida mustahkamlash va yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralarda oʻzaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar jarayoni koʻrib chiqildi, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniyat, taʼlim, fan va sport sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimlarni tayyorlash va imzolashga qiziqish bildirildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqa siyosatiga oid baʼzi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.