O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti BMT sobiq Bosh kotibini qabul qildi

27.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Etika boʻyicha komissiyasiga rahbarlik qilayotgan Pan Gi Munni qabul qildi. 

Chexiya Respublikasi parlamenti delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv

27.11.2018Siyosat

2018-yil 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamuratovning Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi oʻrinbosari Filip Voytex boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi aʼzolari Qozogʻiston Prezidenti bilan uchrashdi

27.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasining Qozogʻiston Respublikasiga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Spiker Nurdinjon Ismoilov Qozogʻiston Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev bilan muloqot oʻtkazdi

27.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozogʻiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 27-noyabr kuni Ostona shahrida Qozogʻiston Respublikasi parlamenti yuqori palatasida ham boʻlib, Senat raisi Kasim-Jomart Tokayev bilan muloqot oʻtkazdilar.

Pan Gi Mun Qoraqalpogʻistonda

27.11.2018Siyosat

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun 26 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

DIIHB direktori bilan uchrashuv

27.11.2018Siyosat

2018-yilning 26-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir bilan uchrashdi.

Rossiya Elchisi bilan uchrashuv

27.11.2018Siyosat

2018-yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari bilan uchrashuv

26.11.2018Siyosat

Bugungi kunda Oʻzbekiston xorijiy davlatlar bilan barcha sohada ochiq, doʻstona va faol tashqi siyosat yuritmoqda. Bunda parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi bilan uchrashdi

26.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi. Tashrif dasturiga koʻra, 26 noyabr kuni delegatsiyamiz aʼzolari Qozogʻiston Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatullin bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Interpol Bosh Assambleyasining 87-sessiyasida ishtirok etdi

26.11.2018Siyosat

Joriy yilning 18-21-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor D.Nazarmuxamedov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan Interpol Bosh Assambleyasining 87-sessiyasida qatnashdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi

26.11.2018Siyosat

2018-yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili bilan uchrashuv

26.11.2018Siyosat

2018-yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi.

YI Adliya vazirligiga 10 mln yevro miqdorida begʻaraz grant ajratdi

23.11.2018Siyosat

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 10 mln yevro miqdorida begʻaraz grant ajratdi.

Tashkent City – Prezident eʼtiboridagi loyiha

20.11.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishini yana bir bor koʻzdan kechirdi.

Neft-gaz sanoatini rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi

20.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida

20.11.2018Siyosat

2018-yilning 19-noyabr kuni Bern shahrida Oʻzbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi boʻlib oʻtdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi britaniyalik mehmonlarni hayratlantirdi

20.11.2018Siyosat

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida xalqaro harbiy hamkorlik doirasida Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasi vakillari bilan “Xalqaro munosabatlar va xavfsizlik” mavzusida trening oʻtkazildi.