O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-11-03 | Siyosat
2018-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘iliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi mamlakatimizga tashrif buyurgan deputatlar guruhini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida 1-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorlik qo‘mitasining navbatdagi majlisi yakunlariga ijobiy baho berildi. Ta'kidlanganidek, ushbu tadbir ochiq, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tdi va Oliy Majlis hamda Yevroparlament deputatlariga hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi qonunchilari o‘rtasidagi muntazam va samarali aloqalar, amaliy tajriba almashinuvlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Uchrashuvda qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda YI Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat