O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Siyosat
Prezident xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 20.09.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Afg‘oniston Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Yaponiya hamda Frantsiya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Ahmad Holid Elmiy, Santosh Ja, Timoti Torlot, Yoshinori Fujiyama va Izabel Servoz-Galluchchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi. |
Adliya vaziri AQShning xalqaro e’tiqod erkinligi buyicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi 20.09.2019SiyosatJoriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazir R. Davletov AQShning xalqaro e’tiqod erkinligi bo‘yicha komissiyasi maxsus vakili N.Menza, tadqiqotlar va siyosat bo‘limi direktori E.Kessidi, tadqiqotchi K.Bakkenlar tarkibidagi delegatsiya bilan uchrashdi. |
BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv 20.09.2019Siyosat2019-yil 19-sentabr kuni parlament quyi palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning BMT Inson huquqlari Kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligiga oid masalalar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
BMTning maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 20.09.2019Siyosat2019-yil 19-sentyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning BMTning Sudlar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
Yaponiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv 20.09.2019SiyosatJoriy yil 19-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv 20.09.2019Siyosat2019-yilning 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Huseyn Guliyevni qabul qildi. |
BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashuv 20.09.2019Siyosat2019-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jan Todtni qabul qildi. |
Suv resurslarini samarali boshqarish va tejash bo‘yicha vazifalar belgilandi 20.09.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. |
Toshkent shahar hokimligida Frantsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi 19.09.2019SiyosatToshkent shahar hokimi Frantsiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha maxsus vakili Paskal Loro va Frantsiya elchisi Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi. |
BMTning Maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv 19.09.2019Siyosat2019-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. |
O‘zbekiston-Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida 18.09.2019Siyosat2019-yilning 17-sentabr kuni Ammon shahrida O‘zbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida ilk marotaba siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. |
Senat Raisi BMT Bosh kotibining Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi 18.09.2019Siyosat2019-yil 18-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi Tanzila Narbayevaning BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili Jan Todt bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
18.09.2019Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chili Respublikasi Prezidenti Sebastyan Pinera Echenikeni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. |
Sanoatda mahalliylashtirish va kooperatsiyani keskin kengaytirish masalalari muhokama etildi 18.09.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-sentabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. |
O‘zbekiston-Misr siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida 17.09.2019Siyosat2019-yil 16-sentabr kuni Qohira shahrida O‘zbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 9-raundi bo‘lib o‘tdi. |
O’zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhining Tojikistonga tashrifi 17.09.2019Xavfsizlik sohasi16-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari polkovnik Aziz Anvarovich Tashpulatov boshchiligidagi IIV ishchi guruhi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi. |
O‘zbekistonda arbitrajni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya 17.09.2019Siyosat2019-yil 16-sentabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda arbitrajning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. |
Davlat Dumasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 17.09.2019Siyosat2019-yil 16-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi 17.09.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi. |
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi 17.09.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligida mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan delegatsiyani qabul qildi. |