O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-09-20 | Siyosat

Joriy yil 19-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida xabardor qilindi. Ularning amaliy natijalari tadbirkorlik muhiti yaxshilanishida, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar barqarorligida, xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro moliyaviy tuzilmalarning respublika bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga qiziqishi tobora ortib borayotganida o‘z aksini topmoqda. Masalan, Yaponiyaning moliyaviy-texnik ko‘magi tufayli O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, transport, telekommunikatsiyalar sohasida va boshqa yo‘nalishlarda qator ijtimoiy ahamiyatga molik va infratuzilmaviy loyihalar  amalga oshirildi.

Uchrashuvda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish va takomillashtirishda parlamentning roli oshib borayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parlamentlararo muloqotni faollashtirish parlament a’zolari hamkorligi mexanizmini rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bu jarayonlarda “Oliy Majlis - Yaponiya parlamenti” parlamentlararo guruhi, Yaponiyaning O‘zbekiston bilan do‘stlik parlament ligasi va “Yaponiya - O‘zbekiston demokratik partiyasi” do‘stlik ligasi alohida rol o‘ynaydi.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

«Biz O‘zbekistonga Yaponiya siyosatida muhim o‘rni bo‘lgan mamlakat sifatida qaraymiz, - ta’kidladi Yaponiya Vakillar palatasi a’zosi Karen Makishima. - Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqiga yaponlarning xotirasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lganligi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman».

Qayd etilganidek, O‘zbekiston va Yaponiyaning ikki tomonlama hamkorligi xalqaro va mintaqa kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha yuksak darajada strategik sheriklikni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar bundan buyon ham O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni ishga solishga tayyor ekanini bildirdi.

Поделиться