O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat Dumasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-09-17 | Siyosat

2019-yil 16-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston-Rossiya strategik va ittifoqchilik sherikligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlar uzluksiz rivojlanib bormoqda. Bu ikki davlat manfaatlariga to‘liq javob beradi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Rossiya parlamenti quyi palatasi raisining tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi faol parlamentlararo muloqotning mantiqiy davomi hisoblanadi. Jumladan, joriy yilda yuksak parlament darajasida qator tashriflar amalga oshirildi. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha parlament guruhi yo‘nalishida aloqalar mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining parlament delegatsiyalari, shu jumladan senatorlar Davlat Dumasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, oktyabr oyining ilk kunlarida Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Tomonlar MDH Parlamentlararo assambleyasi, Parlamentlararo ittifoq, YEXHT Parlament assambleyasi kabi xalqaro parlamentlararo tuzilmalar doirasida bundan buyon ham hamkorlik qilishga tayyor ekaniga urg‘u berdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli boshqa masalalar ham muhokama etildi.

Поделиться