O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMTning maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-09-20 | Siyosat

2019-yil 19-sentyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning BMTning Sudlar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sud tizimining tuzilmasi, mustaqil va xolis faoliyatini tashkil etish, odil sudlovga erishish, odil sudlov tizimi sub'yektlarini himoya qilish, shuningdek odil sudlov va huquqiy yordamdan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat tufayli keyingi yillarda mamlakatni modernizatsiyalash va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston samarali natijalarga erishdi. Xalq bilan doimiy va tizimli muloqot asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda yangi qadamlar tashlanmoqda. Jumladan, sud-huquq tizimida inson huquqlari sohasidagi xalqaro stnadartlarga javob beradigan odil sudlov zamonaviy tizimini yaratishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekistonda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash yo‘lida ko‘rilayotgan ijobiy qadamlardan ta’sirlandik va sudyalarni tanlab olish, sudlar ixtisoslanishi, sud ishlari sudyalar orasida xolisona taqsimlanishi milliy tizimiga yuqori baho beramiz”, - deb ta’kidladi Diyego Garsiya-Sayan.

O‘zbekiston fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha xorijiy arbitraj qarorlarini, huquqiy yordam va huquqiy munosabatlarni tan olish hamda ijro etishga doir BMTning bir qator konventsiyalarini, qariyb 30 ta xalqaro ikki tomonlama shartnomani ratifikatsiya qildi. BMT hujjatlari qoidalari O‘zbekistonning protsessual qonun hujjatlariga, shuningdek “Advokatura to‘g‘risida”gi hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarga tatbiq etildi.

Bundan tashqari, BMTning korruptsiyaga qarshi konventsiyalari qoidalari (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr kuni) 2017-yil kuchga kirgan “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida o‘z aksini topdi. 2019-yil boshida Senatda Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tuzilib, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish uning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Mamlakatimiz milliy qonun hujjatlarining sudlar mustaqilligini ta’minlashga doir qismi takomillashtirilmoqda. Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi Iqtisodiy protsessual kodeks va Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining 25 dan ortiq qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekistonda sud organlarining mustaqilligini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha keng vakolatlarga ega mustaqil organ sifatida Sudyalar oliy kengashi tashkil etilgani sudyalarni tanlash, tayinlash va tayyorlashda sud intizomiga, tegishli tamoyillar va qoidalarga rioya etilishini ta’minlaydi.

Tomonlar O‘zbekistonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida odil sudlovning demokratik printsiplarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilganligini qayd etdi.

Поделиться