O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri AQShning xalqaro e’tiqod erkinligi buyicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

2019-09-20 | Siyosat

Joriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazir R. Davletov AQShning xalqaro e’tiqod erkinligi bo‘yicha komissiyasi maxsus vakili N.Menza, tadqiqotlar va siyosat bo‘limi direktori E.Kessidi, tadqiqotchi K.Bakkenlar tarkibidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

AQSh delegatsiyasiga O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida jamiyat va davlatning barcha sohalari, jumladan din sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berildi. Xususan, muloqotda e’tiqod erkinligi, konfessiyalararo bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirishga e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida e’tiqod erkinligi va konfessiyalararo bag‘rikenglikni mustahkamlash sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilishdi.

Поделиться