O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhining Tojikistonga tashrifi
2019-09-17 | Xavfsizlik sohasi
16-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari polkovnik Aziz Anvarovich Tashpulatov boshchiligidagi IIV ishchi guruhi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Tursunzoda shahri “Dusti” NO’Pda Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari militsiya general-leytenanti Alamshozoda Abduraxmon Alamsho boshchiligida IIVning bir qator tegishli rahbarlari kutib oldilar.
Shu kuni O’zbekiston va Tojikiston Ichki ishlar vazirliklari o’rtasidagi Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining yig’ilishi o’tkazildi. Unda
O’zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig’i, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tezkor-qidiruv faoliyati bo’limi boshlig’i va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i qatnashdi. Mezbonlardan Jinoyat qidiruv, Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish, Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, Xalqaro hamkorlik boshqarmalari va Pasport-ro’yxatlash xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ikkala davlat Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik va qidiruv faoliyati yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikdagi ishlarning bugungi holati va kelajak istiqbollari, shuningdek, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo’nalishida tomonlarning o’zaro hamkorligi, ularni mukammallashtirish yo’llari, yig’ilish yakunini umumlashtirish masalalari hamda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning navbatdagi yig’ilish kuni va joyi muhokama qilindi.
Yig’ilish yakunida tomonlar kelishuv hujjatini imzoladilar.
Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Raximzoda Ramazon Xamro O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari polkovnik Aziz Anvarovich Tashpulatovni qabul qildi.
Ertaga O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi bir qator joylarga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.