O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv

2019-09-20 | Siyosat

2019-yil 19-sentabr kuni parlament quyi palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning BMT Inson huquqlari Kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligiga oid masalalar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mehmonga O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi yangiliklar, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi, oqilona tashqi siyosatni amalga oshirish jarayonlari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligi ta’minlanayotgani, kuchli ijtimoiy siyosat yuritilayotgani, bu jarayonda parlamentning roli tobora oshib borayotgani qayd etildi. Bunda islohotlar jarayonini huquqiy jihatdan ta’minlashga, Harakatlar strategiyasi asosida uning qonunchilik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan tashabbus qilib kiritilgan har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shu munosabat bilan respublikada fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tashabbusi mexanizmi muvaffaqiyatli tarzda faoliyat ko‘rsatmoqda, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashni shakllantirish natijalariga ko‘ra, ushbu murojaatlar mamlakat parlamenti tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi hamda BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy sheriklar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan, qamoqqa olingan va ushlab turilgan, shuningdek, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklariga rioya qilish ustidan parlament nazoratini amalga oshirishga qaratilgan milliy preventiv mexanizmni yaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishu yangilanishlar, mamlakat tomonidan olib borilayotgan o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi, oqilona tashqi siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan jadal tarzda rivojlanib borayotgan hamkorligi, shu jumladan, parlamentarizm sohasidagi hamkorligi parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirishda tomonlarning o‘zaro manfaatlariga, amaliy hamkorlikni rivojlantirishga hamda turli sohalarda tajriba almashishga asoslangani qayd etildi.

Поделиться