O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Siyosat
Yaponiya Parlamenti deputatlari bilan uchrashuv 04.09.2019Siyosat2019-yilning 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputatlari Fumiaki Kobayashi, Yasutaka Nakasone, Taro Honda va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi Demokratik siyosat tadqiqot instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashdi. |
Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv 04.09.2019Siyosat2019-yilning 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamani qabul qildi. |
Elektron hukumatni joriy etish uchun xorij tajribasi oʻrganilmoqda 04.09.2019SiyosatOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosari N.Muhammadiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Estoniya e-hukumat Akademiyasiga tashrif buyurdi. |
Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi to‘g‘risida 04.09.2019Siyosat2019-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat 2018-yil 13-sentabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi. |
Iordaniya Elchisi bilan uchrashuv 04.09.2019Siyosat2019-yilning 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi. |
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi 04.09.2019SiyosatOʻzbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining kelishuviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi delegatsiya XXRga tashrif buyurdi. |
02.09.2019Siyosat Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan. |
Davlatimizning yuksak mukofotlari topshirildi 31.08.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. |
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar 31.08.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. |
Prezident Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi 31.08.2019SiyosatDavlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yorug‘ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. |
31.08.2019Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. |
«Navro‘z» bog‘ida milliy qadriyatlarimiz namoyon bo‘ladi 30.08.2019SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘iga tashrif buyurdi. |
30.08.2019Siyosat 2019-yilning 24-30-avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
|
30.08.2019Texnologiyalar Xitoyda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 29-avgust kuni «Huawei»ning Shenchjendagi ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar markazi (R&D)da bo‘ldi. |
O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Eron Elchisi bilan uchrashdi 30.08.2019Siyosat2019-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashdi. |