O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Qohira shahridagi ikki tomonlama uchrashuvlar to‘g‘risida

16.09.2019Siyosat

2019-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Qohira shahriga tashrif doirasida Misr Savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmad Antar va Investitsiyalar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Reda Bebars bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Indoneziya Elchixonasiga tashrif

16.09.2019Siyosat

2019-yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.

BAA Elchisi bilan uchrashuv

16.09.2019Siyosat

2019-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Harib Al-Muhayribiyni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi to‘g‘risida

16.09.2019Siyosat

2019-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Nikaragua Prezidentiga tabrik

16.09.2019Siyosat

Joriy yilning 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Xose Daniel Ortega Saavedraga Nikaragua Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston Prezidenti Kosta-Rika Prezidentini tabrikladi

16.09.2019Siyosat

Joriy yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kosta-Rika Respublikasi Prezidenti Karlos Alvarado Kesadani milliy bayram - Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Gonduras Prezidentini tabrikladi

16.09.2019Siyosat

Joriy yilning 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Xuan Orlando Ernandes Alvaradoga Gonduras Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston Prezidenti tabrik yo‘lladi

16.09.2019Siyosat

Joriy yilning 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Gvatemala Prezidenti Jimmi Ernesto Morales Kabrerani milliy bayram - Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimidagi nutqi

16.09.2019Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam

16.09.2019Siyosat

Qo‘qon shahrida 14-sentabr kuni birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident farg‘onalik ziyolilar bilan muloqot qildi

16.09.2019Siyosat

Qo‘qon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati faollari, nuroniylar, ziyolilar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat, ma’rifat sohalaridagi o‘zgarishlar, yoshlar ta’lim-tarbiyasi haqida so‘z bordi.

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi

16.09.2019Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Shaffof omadli sanoat» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rib chiqildi

13.09.2019Siyosat

2019-yil 13-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Fransiya Elchisi bilan uchrashuv

13.09.2019Siyosat

2019-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi.

Viloyat hokimi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi

13.09.2019Siyosat

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 11-sentabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.

Malayziya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv

13.09.2019Siyosat

2019-yilning 12-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi to‘g‘risida

12.09.2019Siyosat

2019-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan uchrashdi.

O‘zbekiston - Xitoy: parlamentlararo aloqalarning muhim bosqichi

12.09.2019Siyosat

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hamkorligi turli yo‘nalishlarni qamrab olgan holda jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarining mustahkamlanishi munosabatlar doirasining yanada kengayishida muhim asoslardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalari tahlil qilindi

12.09.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasi tashrif bilan AQShda bo‘lib turibdi

11.09.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiya harbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida AQShga tashrif buyurdi.