O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy kengash TIVKning yig‘ilishida ishtirok etdi

14.10.2019Siyosat

2019-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga keldi

14.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Boku shahriga keldi.

Prezident Bokuga jo‘nab ketdi

14.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun 14-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga jo‘nab ketdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

14.10.2019Siyosat

2019-yilning 13-oktabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Boku shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani to‘g‘risida

14.10.2019Siyosat

2019-yilning 11-oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi va Grenada o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma Kommyunikeni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi ishi yakunlandi

14.10.2019Siyosat

Oliy Majlis Senati a’zolari yigirma uchinchi yalpi majlis kun tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini muhokama qildilar.

Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik

14.10.2019Siyosat

13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga "Xagibis" to‘foni yopirilishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Ispaniya Qirolini tabrikladi

14.10.2019Siyosat

12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ispaniya Qiroli Felipe Oltinchiga Ispan millati kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi

14.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14-15-oktabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

MDH davlatlari rahbarlari tor doirada uchrashdi

11.10.2019MDH

Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vazirini qabul qildi

11.10.2019Siyosat

MDHning Ashxobod sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

11.10.2019Siyosat

11-oktabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Tanzila Norboeva: “O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatning barcha shakllariga barham berilmoqda”

11.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda ma’ruza qilgan Senat raisi Tanzila Norboeva mamlakatimiz iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha mulohazalarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

11.10.2019Siyosat

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi.

O‘zbekiston delegatsiyaning MDH TIVK majlisida ishtirok etdi

10.10.2019MDH

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyasi 2019-yilning 10-oktabr kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

10.10.2019MDH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10-oktabr kuni Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.