O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv
2019-09-20 | Siyosat
2019-yilning 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Huseyn Guliyevni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK) majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, 2009-yil 3-oktabr kuni imzolangan TTDHKni tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi mamlakatlarimizga ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Ozarbayjon tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.