O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Qoidabuzarlar ma’muriy jarimaga tortildi

21.11.2017Jamiyat

Sovuq kunlar boshlanishi bilan aholining xonadonlarni isitish moslamasiga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi. Ba’zida uskunalarning texnik nosozligi, gaz yoki elektr moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish, bolalarning qarovsiz qoldirilishi oqibatida ko‘ngilsiz holatlar ham yuz beradi.

“Qirol Kiba” o‘zbеk tilida chop etiladi

21.11.2017Jamiyat

O‘zbеkiston matbuot va axborot agеntligida Yaponiyaning Xigashikava mеriyasi dеlеgatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Agеntlik bosh dirеktori Laziz Tangriеv janob Ichikava Naoki boshchiligidagi dеlеgatsiya a’zolariga Agеntlikning faoliyati, matbaa va noshirlik borasidagi imkoniyat hamda tajribalari xususida qisqacha so‘zlab bеrdi.

Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi

21.11.2017Jamiyat

O'zbekiston Matbuot va axborot agentligida navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi.

Yangi tayinlovlar

21.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan:

Toshkentda inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

21.11.2017Jamiyat

Toshkent va Samarqandda 2017-yil 21-22-noyabr kunlari "Inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha qiyosiy ko‘rsatkichlar: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Bolalarning huquq va manfaatlari himoyada

21.11.2017Jamiyat

“Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 65-modda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Profilaktika inspektorlariga xizmat uyi va avtomashina kaliti topshirildi

21.11.2017Jamiyat

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari o‘zlariga ishonib topshirilgan hududda fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalashga tantanali qasamyod qildi.

Profilaktika inspektorlari qasamyod qildi

21.11.2017Jamiyat

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilgan maydonda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida 2 mingga yaqin profilaktika inspektoriga xizmat uylari topshirildi

21.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida shu mavzuga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yunusobod tumani yoshlari forumi

20.11.2017Jamiyat

Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman kengashi sardorlari forumida tuman mutasaddilari, o‘qituvchilar, faol yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi. 

Milliy iftixorimiz timsoli

20.11.2017Jamiyat

1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz parlamenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unda milliy bayrog‘imiz davlatimiz suvereniteti ramzi ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. 

“Sog‘lom turmush tarzi–baxtli hayot asosi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi

17.11.2017Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi–baxtli hayot asosi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik–jamiyat barqarorligi garovi

17.11.2017Jamiyat

Toshkent islom universitetida 16-noyabr–Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik–jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi

17.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi.

Yangi qonun loyihasi muhokamada

17.11.2017Jamiyat

Poytaxtimizda “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

“Start up innovation” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

16.11.2017Jamiyat

Nukusda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari, sarmoyadorlar, ilg‘or tadbirkor va fermerlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Islom Karimov – ma’naviy jasorat sohibi

16.11.2017Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Islom Karimov – ma’naviy jasorat sohibi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Mudofaa vazirligining rasmiy sayti ishga tushdi

16.11.2017Texnologiyalar

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tizimda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, vazirlikning veb-saytini ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Islom–tinchlik va ezgulik dini

16.11.2017Jamiyat

Andijonda “Islom–tinchlik va ezgulik dini” mavzusida diniy soha xodimlarining respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.

Islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

16.11.2017Jamiyat

Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.