O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoidabuzarlar ma’muriy jarimaga tortildi

2017-11-21 | Jamiyat

Sovuq kunlar boshlanishi bilan aholining xonadonlarni isitish moslamasiga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi. Ba’zida uskunalarning texnik nosozligi, gaz yoki elektr moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish, bolalarning qarovsiz qoldirilishi oqibatida ko‘ngilsiz holatlar ham yuz beradi.

Bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va hududdiy bo‘linmalari tomonidan profilaktik tadbirlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in kelib chiqishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Doimiy o‘tkazilayotgan tushuntirish ishlariga qaramay, joriy yilning 10 oyida viloyatda 1 ming 203 yong‘in sodir bo‘lgan. Ularning 632 tasi fuqarolar turar joylarida sodir bo‘lib, natijada yetkazilgan moddiy zarar 5 milliard 589 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan. 38 fuqaro turli xildagi kuyish tan jarohati olgan. 

Shu bilan birga, 124 holatda gaz qurilmasi, 247 tasi elektr moslamasining nosozligi yoki ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi, 150 holatda bolalarning olov bilan o‘ynashi va boshqa turli sabablar oqibatida sodir bo‘lgan. 

– Joriy yil boshidan buyon Yong‘inlar profilaktikasi kuni tadbirlariga 9 mingdan ortiq xodimlar jalb etildi, – deydi Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Esonov. – Afsuski, ayrim fuqarolarimizning e’tiborsizligi tufayli, nosoz elektr va gaz uskunalaridan foydalanish holatlari davom etmoqda. Tadbirlar davomida viloyatdagi 604 davlat tasarrufidagi va 388 xo‘jalik yurituvchi subyektlar yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazildi. Tuman va shaharlarda mahalla faollari bilan birgalikda 99 ming 889 xonadonga uyma-uy kirilib, aniqlangan 44 mingga yaqin kamchilikning kelib chiqishi va uni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Tekshiruvlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 349 nafar shaxs 38 million so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi. Yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 307 bino va inshoot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 

Joriy yil boshidan buyon yong‘inlar profilaktikasi doirasida barcha tuman va shaharlardagi mahalla, ta’lim muassasalari, bozor va yirik savdo majmualarida yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalari, yong‘in aniqlangan hollarda harakatlanish tartibi bo‘yicha 213 marotaba amaliy mashq va mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

 
Abdulaziz Musayev, O‘zA 

Поделиться