O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi
2017-11-21 | Jamiyat
O'zbekiston Matbuot va axborot agentligida navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi.
Hay’at majlisini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev kirish so‘zi bilan ochdi.
Dastlab kun tartibidagi birinchi masala–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori ijrosi yuzasidan Agentlik bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sobir Shukurovning ma’ruzasi tinglandi.
So‘ngra O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentyabrdagi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-son Qonuni ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida Axborot siyosati masalalari, ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kitob targ‘iboti boshqarmasi boshlig‘i Jasur Husanov, Agentlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning 2017-yilning 9-oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2017-2018-o‘quv yili uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni chop etish holati yuzasidan Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Mirkomilov, “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining hududiy boshqarmalari faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi Agentlikning 441-son buyrug‘i ijrosi haqida bosh direktor o‘rinbosari Komiljon Mansurov, Respublikada kitob savdosi tizimini takomillashtirish muammolari bo‘yicha “O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti direktori Erkin Abdurahmonov hamda “O‘zdavkitobsavdota’minoti” MChJ direktori Shahzod Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kontrafakt matbaa mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish, tarqatish manbalarini aniqlash, oldini olish borasidagi qilinayotgan vazifalar to‘g‘risida Matbaa korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, standartlashtirish, modernizatsiyalash va innovatsiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Fozilov, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda hududiy tuzilmalarda 2017-yilning 3-choragida ijro intizomi holatiga rioya etilishi monitoringi yakunlari yuzasidan Ijro nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassis Jamila Turg‘unovalar so‘zga chiqishdi.
Shuningdek, Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari ham tinglandi.
Hay’at majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.