O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yunusobod tumani yoshlari forumi

2017-11-20 | Jamiyat

Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman kengashi sardorlari forumida tuman mutasaddilari, o‘qituvchilar, faol yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi. 

Tadbirda Yoshlar ittifoqi tuman kengashining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi, tuman yoshlari o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. 

Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman yetakchilar kengashi raisi Ibrohimbek Omonqulov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidladi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi timsolida yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik yangi bosqichga chiqdi. O‘z navbatida, yoshlarimizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi ortmoqda. Bu jihatlar yunusobodlik yoshlar hayotida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Tumanda 170 mingdan ziyod yosh avlod vakillari kamol topmoqda. Ular orasida nufuzli xalqaro sport va fan musobaqalari g‘oliblari, ko‘plab iqtidor egalari, yosh olimlar bor. Hisobotda ma’lum qilinganidek, tumandagi 39 umumta’lim maktabi, 12 o‘rta maxsus ta’lim, 4 oliy ta’lim muassasasi, korxona va tashkilotlarda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari va a’zolari saylangan. 

Bugunga qadar Yoshlar ittifoqi faollari tashabbusi bilan sportning 10 dan ortiq turi bo‘yicha musobaqalar, ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik ko‘rgazmalari o‘tkazilgan. Til o‘rganish uchun bepul kurslar tashkil etildi. Bu kabi tadbirlarga uyushmagan yoshlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilib, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashilmoqda. 

Tadbirda bir guruh faol yoshlar, ularning ota-onalari, ustozlari taqdirlandi. 

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA 

Поделиться