O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Tabiiy gazdan xavfsiz foydalaning

28.11.2017Jamiyat

Qish mavsumida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan yuqori bo‘ladi. Shunday paytlarda tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish talab etiladi. Turli mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Konstitutsiya va yoshlar

28.11.2017Jamiyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik jamiyat qurishning huquqiy poydevori» mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi. 

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston va Yaponiya tajribasi

28.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yaponiya Ichki ishlar va aloqa vazirligining Ma’muriy baholash byurosi (Ombudsman) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Shoshilinch tibbiy yordam muassasalari reanimobillar bilan ta’minlandi

28.11.2017Jamiyat

Prezidentimizning 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hududiy filiallari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib, eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va maxsus texnikalar bilan ta’minlanmoqda. 

Surxondaryoda bayram shukuhi

28.11.2017Jamiyat

Surxondaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. 

Namangan viloyatidan haj va umra ziyoratiga borganlar soni 30 mingdan oshdi

28.11.2017Jamiyat

O‘tgan asrning 80-yillarida har yili qishlog‘imizga Jizzax viloyatidan bir nuroniy kelib, o‘n kun mehmon bo‘lib ketardi. Uning kelishi “Jizzaxlik hoji kelibdilar!”, deb qishloqda katta shov-shuv bo‘lar edi. Uyiga chorlab mehmon qilishga mushtoq odamlar ko‘pligidan shuncha muddat qolib ketar edi. U kishining shunday hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lishining boisi diniy bilimlarni yaxshi bilishi va eng muhimi, hoji ekanida edi. Zero, u paytlarda Namanganda bu ulug‘ rutbaga musharraf bo‘lganlar yo‘q hisobi edi. 

Jinoyatning oldini olgan afzal

28.11.2017Jamiyat

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Olmazor tumani sudi hamda tuman ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda belgilangan talablar ijrosi muhokama etildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyadagi uchrashuvlari

28.11.2017Jamiyat

Berlin shahrida K.Adenauer nomidagi jamg‘arma akademiyasida Germaniya parlamenti, Federal tashqi ishlar vazirligi, tadqiqot va akademik doiralar, biznes hamjamiyati, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida "O‘zbekiston tub o‘zgarishlar jarayonida. Islohotlar siyosati: kutilayotgan natijalar va istiqbollar" mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Abu Ali ibn Sino ilmiy va madaniy merosining ahamiyati hamda uning ilm-fan taraqqiyotiga ta’siri

28.11.2017Jamiyat

Buxoroda “Abu Ali ibn Sino ilmiy va madaniy merosining ahamiyati hamda uning ilm-fan taraqqiyotiga ta’siri” mavzusida IX Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

«Ona yer yoshlar qo‘lida» shiori ostida O‘zbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi o‘tkazildi

28.11.2017Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh fermerlar kengashi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida «Ona yer yoshlar qo‘lida» shiori ostida O‘zbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi o‘tkazildi.

Huquqiy masalalar muhokama qilindi

27.11.2017Jamiyat

Vazir o’rinbosari bunday nufuzli mutaxassislarning vazirlikka tashrifi O’zbekiston Respublikasi IIV va inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar o’zaro ishonch asosida rivojlanib borayotganidan darak berishini qayd etdi.

Hurmatli fuqarol ar joriy yilning 20 noyabr - 20 dekabr kunlari respublikamizda “Kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi” o‘tkazilmoqda

27.11.2017Jamiyat

Hurmatli fuqarolar, ma’lumki qish mavsumida havo haroratini keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg‘i mahsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi.

"HYUNDAI” rusumli 14 zamonaviy reanimobil aholi xizmatiga topshirildi

27.11.2017Jamiyat

Andijon viloyati tuman va shaharlaridagi shoshilinch tibbiy yordam muassasalariga "HYUNDAI” rusumli 14 zamonaviy reanimobil topshirildi. 

“Kamalak” yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining Toshkent shahar saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

27.11.2017Jamiyat

“Kamalak” yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivali ayni maqsadlarga yo‘naltirilgan ijodiy loyihalardan. Bu yil mazkur tadbirning Toshkentda o‘tkazilgan dastlabki saralash bosqichlarida 10 mingga yaqin o‘g‘il-qiz o‘z iste’dodini namoyish etdi. Ulardan 760 nafari festivalning shahar bosqichida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. 

Arnasoy, Zafarobod va Paxtakor tumanlaridagi dori-darmonga muhtoj oilalarga 7 million so‘mlik dori tarqatildi

27.11.2017Jamiyat

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar aholining davlatdan rozi bo‘lib yashashi va kelajakka ishonchini yanada mustahkamlamoqda. 

Kinochilar uchun yangi "Damas"lar

27.11.2017Jamiyat

"O‘zbekkino" Milliy agentligida mazkur tashkilotning hududiy bo‘limlariga "Damas" rusumli avtomashinalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Elektorat manfaati: amaliyot va samara

27.11.2017Jamiyat

Navoiyda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi tomonidan “Mahalliy Kengashlarda partiya pozitsiyasi va elektorat manfaatlarini ifoda etishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika o‘quv seminari o‘tkazildi.

Uchta bir xil sondan iborat avtoraqamning boshlang‘ich bahosi – eng kam oylikning yuz barobariga teng

27.11.2017Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan birja savdolari hamda elektron tijoratning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Angrenda ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudlarining yangi binosi foydalanishga topshirildi

27.11.2017Jamiyat

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari vakillari, faxriy huquqshunoslar, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar ijodiga bag‘ishlangan festival oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

27.11.2017Jamiyat

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida joriy yil 27-30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III respublika festivaliga doir matbuot anjumani tashkil etildi.