O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi

2017-11-17 | Jamiyat

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi, "O‘zbekkino" milliy agentligi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etildi. 

Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, sudyalar, arxiv xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari S.Ortiqova, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi B.Mirboboyev va boshqalar mamlakatimiz qo‘lga kiritgan barcha yutuq va marralar poydevori Konstitutsiyamiz ekanligini alohida ta’kidladi. Bosh qomusimiz yurtimiz ravnaqini belgilovchi, uning mustaqilligini mustahkamlab, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim asosdir.

Mazkur ko‘rgazma Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib etishga, uning yaratilish tarixi haqida fuqarolar, ayniqsa, yoshlarga kengroq tushuncha berish, ularning qalbida Vatanga sadoqat, Bosh qomusimiz va qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma ekspozitsiyasida Bosh qomusimiz tarixiga oid hujjatlarning asl nusxalari, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayoniga oid tarixiy hujjatlar, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Konstitutsiya loyihasi matnlariga qo‘lyozma tarzida kiritgan tuzatishlari joy olgan. Bundan tashqari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, sud va prokuratura organlari, yozuvchilar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, imom-xatiblar tomonidan Asosiy qonun loyihasi yuzasidan yo‘llagan taklif va mulohazalari hamda xalqimizning Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish jarayonidagi ishtirokiga oid materiallar joylashtirilgan. Ko‘rgazmada Konstitutsiyamizning o‘zbek, rus va ingliz hamda boshqa tillardagi ilk bosma matnlari nusxalari ham namoyish etilmoqda. 

Tadbirda Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi, Konstitutsiyamizning qabul qilinishi tarixiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. 

– Bu ko‘rgazma orqali Bosh qomusimizning yaratilish tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘lib, ushbu jarayonda bevosita ishtirok etgan insonlarning so‘zlarini tingladik, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Bunyod Qodirov. – Konstitutsiya huquqiy demokratik davlatning poydevoridir. Shunday ekan, biz yoshlar huquqiy bilimlarimizni yanada boyitib, Bosh qomusimizni mukammal o‘rganishimiz, hayotimiz va ish faoliyatimizni ushbu muhim xujjat bilan chambarchas bog‘liq holda olib borishimiz lozim.

 

Go‘zal Sattorova, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA

Поделиться