O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Elektron raqamli imzo endilikda «yagona oyna» markazlarida beriladi 25.10.2017JamiyatJoriy yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy sayti. |
Buxoroda “Markaziy Osiyoda nochiziqli dinamika kunlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi 25.10.2017FanToshkentdagi Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston fizika jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz va xorijlik olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. |
Xalq va armiya o‘rtasidagi mustahkam robita 25.10.2017Jamiyat24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Mudofaa vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganiga besh yil to‘ldi. Shu kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Jamoatchilik kengashi tomonidan o‘tgan davr mobaynida Qurolli Kuchlar ustidan jamoatchilik nazorati, xalq va milliy armiyamiz birdamligi mexanizmlarini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisobotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. |
MDH gidrometeorologlari tajriba almashdi 25.10.2017MDHToshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengashining (GDK) 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida uchrashuv 25.10.2017JamiyatShanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining bo‘lajak o‘n ikkinchi majlisi doirasida 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov bilan Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Mamining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
25.10.2017Jamiyat Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi, O‘zbekiston Ekologik harakati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishda zamonaviy texnologiyalar: huquqiy, texnik va investitsion yechimlar” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. |
“Mahalla–ma’naviyat o‘chog‘i” deb nomlangan seminar tashkil etildi 25.10.2017JamiyatSeminar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida o‘tkazildi. |
25.10.2017Jamiyat Tinchlik va osoyishtalikni xalqimiz qanchalik qadrlasa, shu ne’matlar tufayli xotirjam va farovon hayot kechirayotgan bo‘lsa, ularni asrash, barqarorlikni ta’minlash davlatimizning bosh maqsadlaridandir. Bu yo‘lda barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqaro miqyosdagi “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”da doim yuqori o‘rinni (2017-yil 2-o‘rin) zabt etib kelayotir. |
24.10.2017Jamiyat Tinchlik va osoyishtalikni xalqimiz qanchalik qadrlasa, shu ne’matlar tufayli xotirjam va farovon hayot kechirayotgan bo‘lsa, ularni asrash, barqarorlikni ta’minlash davlatimizning bosh maqsadlaridandir. Bu yo‘lda barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqaro miqyosdagi “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”da doim yuqori o‘rinni (2017-yil 2-o‘rin) zabt etib kelayotir. |
Uchtepadagi 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi kapital ta’mirlandi 24.10.2017JamiyatDavlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida shu yilning 16-iyun kuni poytaxtimizning Uchtepa tumaniga tashrif buyurgan edi. |
Buxoroda “Buxoro shahri kuni” festivali bo‘lib o‘tdi 24.10.2017JamiyatFestival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, ko‘rgazma, ilmiy-amaliy konferensiya va gala-konsert tashkil etildi. |
Harbiy xizmatchilarimizning Buyuk Britaniyadagi muvaffaqiyati 24.10.2017JamiyatIslom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyada razvedka bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Kembriya patruli" xalqaro tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining bir guruhini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. |
Har bir muammo joyida hal etilmoqda 24.10.2017JamiyatO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining ishtiroki yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. |
Amir Temur xiyobonida profilaktika inspektorlariga yengil avtomobillar topshirildi 23.10.2017JamiyatMamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish, uning faoliyati samaradorligini zamonaviy bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. |
Profilaktika inspektorlari qasamyod qildi 23.10.2017JamiyatBuxoroda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. |
80 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari kaliti topshirildi 23.10.2017JamiyatNavoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. |
19.10.2017JamiyatManba: O'zA 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga muvofiq qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish mamlakatimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari, ularning odil sudlovdan foydalish huquqi, sud ishlarini yuritish samaradorligi hamda sifati darajasini oshirish sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarning hal qiluvchi yo‘nalishlari sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. |
Is gazi va ovqatdan zaharlanishdan ehtiyot bo‘ling 19.10.2017JamiyatO‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari tomonidan Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjuman ushbu ikki masalaga bag‘ishlandi. |