O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

“Erazmus plyus” xalqaro ta’lim dasturining axborot kuni bo‘lib o‘tdi

27.11.2017Jamiyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2014-2020-yillarga mo‘ljallangan “Erazmus plyus” xalqaro ta’lim dasturining axborot kuni bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi

25.11.2017Jamiyat

Samarqandda “Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda serjantlar tarkibining o‘rni va roli” mavzuida serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi. 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

24.11.2017Jamiyat

Ushbu tanlov qizlarning salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarish, ularda intilish va tashabbuskorlikni, o‘ziga ishonch, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mukofot ta’sis etilgandan buyon 18 nafar andijonlik iqtidorli qiz taqdirlangan. 

Buxoroda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida kamchiliklar bartaraf etildi

24.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholini elektr va issiqlik energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir bilan ta’minlash, qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. 

Shayxontohurda ekstremist ayol qo‘lga olindi

24.11.2017Jamiyat

Ayolni ona, millat tarbiyachisi, deya e’zozlaymiz. Haqiqatan shunday. Onalar bor ekan, xonadonlar obod, farzandlar xushnud. Lekin ayol zimmasidagi mas’uliyatni unutsa, duch kelgan oqimda suzsa, adashsa, buning oqibati nima bo‘ladi? 

Farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik qilgan ota ma’muriy javobgarlikka tortildi

24.11.2017Jamiyat

Prezidentimiz joriy yil 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning 10 oyi davomida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 875, maktab o‘quvchilari tomonidan 310 og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgani achinarli hol ekanini alohida ta’kidladi.

Profilaktika inspektorlari qasamyod qildi

24.11.2017Jamiyat

Gulistonda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun tantanali qasamyod qabul qildi.

Neft va gaz qazib olishga o‘zbek olimlari munosib hissa qo‘shmoqda

24.11.2017Jamiyat

Toshkentda «Neft va gaz konlarini o‘zlashtirishning innovatsion texnologiyalari» mavzuida respublika ilmiy-texnika konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosi

24.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan fuqarolarning davlatimiz Bosh qomusiga, huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi darajasiga munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari ishtirokchilarning aksariyat qismi Konstitutsiyamizga O‘zbekiston mustaqilligining mustahkam huquqiy poydevori, huquq va erkinliklarning ishonchli kafolati sifatida qarashini ko‘rsatdi. 

Aholi salomatligi muhofazada

22.11.2017Jamiyat

Navoiy viloyatining Karmana tumani tibbiyot birlashmasi hududdagi 120 ming 840 dan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. 

Jizzaxda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

22.11.2017Jamiyat

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab-internatida tashkil etilgan tadbirda 100 nafar iste’dodli qiz adabiyot, san’at, fan, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida bilimi va salohiyatini namoyish etdi.

Xalqaro seminar haqida

22.11.2017Jamiyat

Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarida Nagoya universitetining (Yaponiya) Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Ma’muriy va jinoyat protsessi: Yaponiya tajribasi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22.11.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslarida Koreya qonunchilik tadqiqoti instituti va Koreya Respublikasi Qonunchilik vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Germaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv

22.11.2017Jamiyat

2017 yilning 21 noyabr kuni vazirlik binosida Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraevning Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi G.Overfeld bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Inson huquqlarini himoya qilishda samarali yondashuvlar

22.11.2017Jamiyat

Toshkentda 21 noyabr kuni “Inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha qiyosiy ko‘rsatkichlar: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi.

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatildi

21.11.2017Jamiyat

Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ana shular haqida ma’lumot berildi. Brifing Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov jaryoni to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etish maqsadida tashkil etildi.