O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Ona yer yoshlar qo‘lida» shiori ostida O‘zbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi o‘tkazildi

2017-11-28 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh fermerlar kengashi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida «Ona yer yoshlar qo‘lida» shiori ostida O‘zbekiston yosh fermerlarining I Respublika forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B.Yusupov va boshqalar mamlakatimizda uyushmagan yoshlarni fermerlik harakatiga jalb etish, yosh fermerlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va dolzarb masalalarni hal etishda ko‘maklashish, xorijiy ilg‘or tajribalarni fermerlar faoliyatiga joriy qilishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni yosh fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida fermerlik faoliyatini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Ayni paytda mamlakatimizda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan qariyb 5 ming 900 tasini, ya’ni 3,6 foizini yosh fermerlar tashkil etadi.
 
Yosh fermerlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, erishgan yutuqlarini ommalashtirish, ular faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yurtimizning barcha tumanlaridan 700 dan ortiq yosh fermer, tegishli tashkilot va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi. 

Forumda ilg‘or fermer xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlarining ish tajribalari va erishgan yutuqlarini yoshlarga o‘rgatish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi. Yangi ishlab chiqilayotgan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi nizom keng muhokama qilinib, yosh fermerlar tomonidan ham bu hujjatga qator takliflar berildi.
 
Tadbir doirasida 60 dan ortiq yosh fermer tomonidan yetishtirilayotgan va qayta ishlanayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti olimlarining yangi ilmiy ishlanmalari hamda innovatsion g‘oyalari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonda yosh fermerlar va olimlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 

Anjuman doirasida Xalq banki va “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda naslli chorvachilik hamda baliqchilikni rivojlantirish uchun 900 million so‘mlik imtiyozli kreditlar olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. 

Forum ishtirokchilari sektorlarga bo‘lingan holda Yuqori Chirchiq tumanidagi “Marwin Brands” korxonasi, Zangiota tumanidagi “To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent traktor zavodi faoliyati bilan tanishdi. 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться