O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"HYUNDAI” rusumli 14 zamonaviy reanimobil aholi xizmatiga topshirildi
2017-11-27 | Jamiyat
Andijon viloyati tuman va shaharlaridagi shoshilinch tibbiy yordam muassasalariga "HYUNDAI” rusumli 14 zamonaviy reanimobil topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimizning joriy yil 16 martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
– Davlatimiz tomonidan tibbiyot sohasiga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan behad mamnunmiz, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filialining tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri X.Mamadaliyev. – Topshirilgan zamonaviy avtomobillar aholiga shoshilinch tibbiy yordamni tez va sifatli amalga oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.
Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA