O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Huquqiy masalalar muhokama qilindi

2017-11-27 | Jamiyat

Vazir o’rinbosari bunday nufuzli mutaxassislarning vazirlikka tashrifi O’zbekiston Respublikasi IIV va inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar o’zaro ishonch asosida rivojlanib borayotganidan darak berishini qayd etdi.

Qabul chog’ida ta’kidlanganidek, O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashuv jarayoni boshlandi. Mamlakatimiz o’tgan davr ichida inson huquqlari bo’yicha 70 dan ortiq xalqaro hujjatga qo’shilgan. Davlatimiz tomonidan inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash borasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish bo’yicha barcha zarur choralar ko’rilmoqda.

Polkovnik A. Boboxonov delegatsiya a’zolarining e’tiborini yangi tashkil etilgan surishtiruv organlari ilgarigilaridan tubdan farq qilishiga qaratdi. Surishtiruvchilar tergovchilarning vakolatlaridan to’liq foydalangan holda ijtimoiy xavfli bo’lmagan jinoyat ishlari bo’yicha sudgacha bo’lgan ishlarni amalga oshirishadi. Ular ushbu jarayonda barcha protsessual qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishadi. Shuningdek, jinoyatlarga doir ma’lumotlarga muvofiq tergovgacha tekshiruv o’tkazuvchi organlarning vakolatlarini belgilaydilar. Bunday tartibning joriy etilishi natijasida katta bo’lmagan va ijtimoiy xavfli hisoblanmagan jinoyatlarni tergov qilish muddatlarining cho’zilib ketishiga chek qo’yiladi. Shu tariqa fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanib, og’ir hamda o’ta og’ir jinoyatlarni har tomonlama, to’liq va xolis tergov qilish imkoniyati yaratiladi.

O’z navbatida, BMT Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy bo’limi boshlig’i Rishard Komenda va BMT Taraqqiyot dasturining Istanbul shahridagi mintaqaviy markazi maslahatchisi Izabel Chan samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etishdi. Ular O’zbekiston Respublikasi IIV va inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi samarali hamkorlik yanada yuqori darajaga ko’tarilishiga ishonch bildirishdi.

Muloqot chog’ida oilalarda zo’ravonlikka chek qo’yish, davlat organlarining va jamiyatning bunday salbiy holatlarga qarshi kurashishi, mahkumlarning huquqlariga rioya etish, bolalarning huquqlarini himoya qilish borasida o’zaro hamkorlik qilish masalalari ko’rib chiqildi. Shuningdek, kelgusida ichki ishlar organlari, jazoni ijro etish muassasalari xodimlari o’rtasida huquqiy mavzularda seminarlar va treninglar o’tkazishga kelishib olindi. Suhbat jarayonida boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Поделиться