O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tabiiy gazdan xavfsiz foydalaning

2017-11-28 | Jamiyat

Qish mavsumida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan yuqori bo‘ladi. Shunday paytlarda tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish talab etiladi. Turli mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Poytaxtimizda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan is gazidan zaharlanishning oldini olish va aholi o‘rtasida “zangori olov”dan xavfsiz foydalanish qoidalarini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda shular xususida so‘z bordi. 

Tadbirda gaz ta’minoti tizimida mehnat qilayotgan mutaxassislar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. 

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Mustafoyev va boshqalar iste’molchilarga uzluksiz gaz yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, gazdan maqsadsiz foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari hamon kuzatilayotganini ta’kidladi. Bularning barchasi gazdan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payishiga olib kelmoqda. 

Ma’lumki, joriy yilning 20-oktabridan 20-noyabriga qadar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda gaz uskunalari va isitish jihozlaridan xavfsiz foydalanish oyligi bo‘lib o‘tdi. Oylik davomida joylarda turli targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Aholiga havfsizlik qoidalari aks etgan buklet va eslatma materiallar tarqatildi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zulfiqor Qilichevning ta’kidlashicha, joriy yilning shu davriga qadar sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning 12 foizini is gazi va havo-gaz aralashmasi bilan bog‘liq holatlar tashkil etmoqda. Ya’ni 2017-yilning o‘tgan davrida is gazi va havo-gaz aralashmasi bilan bog‘liq 21 favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan. Buning natijasida 48 inson vafot etgan. Ularning aksariyati mo‘rilarning nosozligi tufayli is gazi tashqariga chiqib ketmagani oqibatida yuzaga kelgan. 

Ayrim xonadon egalari tomonidan gaz xo‘jaligi korxonalari xodimlarini xonadonlariga kiritmaslik holatlariga duch kelinmoqda. Natijada foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan gaz jo‘mraklari va uskunalaridan gaz sizib chiqishi kuzatilmoqda. Oqibatda esa portlash, gazdan zaharlanish kuzatilmoqda. 

Tadbirda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda tezkor choralar ko‘rish va boshqa masalalarga oid mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться